6
MAVZUNING MAZMUNI.
Bolalar tug’ilganidan har bir insonga tegishli bo’lgan hech kim daxl qila
olmaydigan erkinlik va huquqlarga ega bo’lishadi. Bu bola huquqlari to’g’risidagi
konvensiyaning asosiy qoidalaridan bo’lib, bu konvensiya butun dunyo yuzidagi
bolalar va ularning oilasi hayotini o’zgartiradigan «Bola huquqlari to’g’risidagi
xalqaro shartnoma» hisoblanadi.
Dunyodagi barcha davlatlarda insonlar madaniy yoki diniy e'tiqodidan
g’amho’r oilaviy muhit, o’yin-kulgi va madaniy hordiq olish huquqlari, barcha
turdagi ekspluatatsiya va yomon muammolardan himoyalanish huquqlaridan
foydalanishi, shuningdek ularning fikr-mulohazalari va ovozlari ahamiyatli
masalalarni hal etishda hisobga olinishi uchun kurashmoqda.
1989 yilda qabul gilingan Konvensiya inson huquqlari bo’yicha nodavlat
tashkilotlar va ekspertlarning 60 yildan oshiqroq kurashlarining kulminatsiya
nuqtasi bo’ldi. Xalqaro Konvensiya O’zbekistonda 1992 yilda tan olindi.
Hozirgi kunda barcha davlatlar (ikkita davlatdan tashqari) ushbu
shartnomada belgilangan normalarga amal qilishga kelishishgan. Bu shartnoma
barchaning, ayniqsa hukumat uchun barcha bolalar, 18 yoshgacha bo’lgan barcha
insonlar haqida qayg’urish, ularni himoya qilish ustivor vazifa ekanligini
ta'kidlaydi.
Konvensiya yuridik mandat bilan cheklanib qolmasdan bolalarga nisbatan
yangi axloq prinsiplari va xalqaro muomala normalarini yaratadi.
Konvensiyaga qadar bolalar huquqlariga doir boshqa xalqaro shartnomalar
va bitimlar bor edi, ammo bu konvensiya shu ma'noda yagonaki :
1.
Keng qamrovli
– u bolalarning fuqorolik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlarini ta'minlaydi.
2.
Universal
– har qanday millatlar birlashmasi, barcha vaziyatlarda barcha
bolalarga tegishli.
3.
Dostları ilə paylaş: