O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Dorilarni og’iz orqali ichirish texnikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Dorilarni og’iz orqali ichirish texnikasi.
Oshqozon – hazm trakti orqali dori yuborish – enteral yo’l deb ataladi. 
Kasal organizmga enteral dori yuborish 3 xil bo’ladi: 
•og’iz orqali – peroral 
•zond orqali – oshqozon va 12 barmoqli ichakka 
•to’g’ri ichak orqali – huqna yordamida
Og’iz orqali yuborish. Og’iz orqali dori berish usuli oson, asboblar kerak emas
lekin bir qancha kamchiliklar mavjud: 
1.Achchiq dorilar ko’krak yoshdagi bolalarga ichirish qiyin. 
2.Ba'zi bir dorilarni ta'siri oshqozon shirasi ta'sirida kamayadi. 
3.Ba'zi bir dorilar oshqozon- ichak silliq qavatiga yomon ta'sir qiladi. 
4.Dorilarni og’iz orqali ichganda aniq terapevtik dozasi bo’lmaydi. 
5.Dorilarni og’iz orqali berilganda ta'siri tez boshlanmay, ma'lum vaqt o’tadi. 
Dori tarqatish qoidasi

1. Dori moddalari aniq vaqtda va ko’rsatma bo’yicha beriladi
- ovqatdan oldin 
- ovqatdan keyin 
- ovqat paytida 
- uxlashdan oldin
2.Hamshira dorini rangini, hidini, ta'mini bilishi kerak. 
3. Bolaga dori berishdan oldin hamshira etiketkasini, tabletka korobkasini, 
ampulani, flakon va konvalyutani o’qishi kerak. 
4. 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qattiq dori moddalarini icha olmaydi, shuning 
uchun ularni suyuq holatda nastoyka, damlama, ekstrakt va mikstura holida 


38 
beriladi. Tabletka va drajelar maydalanib, suvga qo’shiladi. Nohush hidli bo’lsa 
sirop bilan aralashtiriladi, faqat shifokor ko’rsatmasi bilan. 
Kichik yoshdagi bolalar dori ichayotganda qarshilik ko’rsatadilar. Bunday 
paytda hamshira barmog’i bilan yuzni ikki yanog’ini bosadi, bola og’zini ochadi va 
shu paytda dori yuboriladi. Agar bu yo’l bilan dori yuborish qiyin bo’lsa, bolani 
burni siqiladi. 
Maktab yoshidagi bolalarga suyuq dorilar maxsus menzurkalarda beriladi (6, 
10, 15, 20 ml). Tomchi dorilar pipetka orqali beriladi. Ba'zi bir suyuq dorilarni 
qoshiq orqali berish mumkin. Bir choy qoshig’iga 5ml, desert qoshig’iga 10ml, osh 
qoshig’iga 15ml ketadi. 
Tomchi dorilari pipetka yordamida beriladi. 1ml dagi tomchilar soni 
suyuqlikka bog’liq: suvli suyuqlikda 1ml – 20 tomchi, yog’li suyuqlikda – 30 
tomchi, spirtlida – 50 tomchi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin