42
yoqmaydigan sezgi paydo bo’lmasligi kerak. Emadigan bola boshida qazg’oq
paydo bo’lib (sarg’ish yog’simon holda) yig’ilib qolishi mumkin. Bunda
cho’miltirishdan 1-2 soat avval boshga qalin qilib o’simlik yog’i surib ro’mol
bilan bog’lab qo’yiladi. Cho’miltirishdan oldin zich mayda tishli taroq bilan
tarash kerak. Boshni yuvganda sovun bolaning yuziga
tushmasligini kuzatib
borish kerak Buning uchun bolaning boshini orqaga engashtirib oqib turgan suvda
sovunni yuvib tushirish kerak Boshni yuvgandan so’ng sochni ho’l holida tarash
yaxshiroq, chunki soch kam chigal bo’lib taraganda bola og’riq sezmaydi.
Bemorlar boshini har 7- 10 kunda yuvib turishlari kerak.O’rinda uzoq yotadigan va
gigyenik tartibga rioya qilmaydigan bemorlar sochi kir bo’lishdan tashqari ,ularda
sirka va bitlar paydo bo’lishi mumkin. Shuning uchun tibbiyot hamshirasi
bemorlarni boshini qarab turishi kerak.Tura olmaydigan
bemorlar sochi yotgan
holida yuvib qo’yiladi. Bunda tog’oracha karavotning bosh tomoniga
qo’yiladi,bemor boshini bo’yni sathidan orqaga tashlaydi va taglik
qo’yiladi.Boshni yaxshilab sovunlab yuviladi va chayiladi. Quriguncha
artilib tarab
qo’yiladi.
Tishlar parvarishi
.
Og’iz bo’shlig’ini parvarishlash muntazam va ma'lum vaqtda bo’lishi kerak.
Tishlarni
muntazam
tozalash
-og’iz
bo’shlig’ining muhim gigiyenik
usulidir.Tishlarni tozalashda tish cho’tkasidan va tozalash uchun
ishlatiladigan
moddalardan (tish pastasi yoki poroshogi) foydalaniladi. Bolani 2-3 yoshligidan
boshlab tishlarni tozalashga o’rgatish kerak. Bolaning shaxsiy tish cho’tkasi
bo’lishi kerak.Tishni tozalagandan keyin tish cho’tkasini toza saqlash uchun uni
sovunlab, suvda chayib keyingi tish tozalashgacha og’zi berk stakanda saqlanadi.
Bola tish tozalashni yangi boshlaganda tishni yumshoq cho’tka
bilan tozalash
tavsiya etiladi.Bolalar uchun tish cho’tkasi boshini uzunligi 18-25 mm, eni 7,5-11
mm bo’lgani yaxshi. Tish cho’tkasi qillarining balandligi 10-12 mm bo’lishi lozim.
Yangi tish cho’tkasini ishlatishdan avval qaynoq suv bilan yuviladi. Tishlarni
kunda ikki marta 2-3 daqiqa tozalash kerak, aks holda og’iz bo’shlig’ining
ovqat
qoldiqlaridan tozalanishi yetarli bo’lmay,qoldiq ovqat zarrachalarining aynishi
ta'sirida tishning emal qavatini yemiradi. Ertalab tish nonushtadan oldin ,
kechqurun esa oxirgi ovqatlanishdan keyin tozalanadi .
Tishlarni
tozalash metodi tik, yotiq, aylanma harakatlardan iborat bo’lib,
yuqori jag’ni yuqoridan pastga, past jag’ni esa pastdan yuqoriga spiralsimon
harakat bilan tozalanadi.Tishni ko’ndalangiga
tozalash tavsiya etilmaydi, chunki
bunda tishning milk yaqinidagi emali tezroq ko’chishi va tish nervlari sezgir bo’lib
qolishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: