43
qo’shib,bemorning qo’lini 2 daqiqaga ushlab turiladi.So’ng tirnoqlarni 1- 2 mm
qoldirib olinadi. Oyoq tirnoqlarini juda kalta olmang,
chunki teri shikastlanishi
mumkin.Tirnoqlar har doim ko’ndalang olinadi.
KO’Z PARVARISHI
Bemorlarni ko’zini parvarish qilish tibbiyot hamshirasidan ayniqsa katta e’tibor
talab qiladi. Kipriklar yopishib qolgandagina ko’zni yuvish zarur.Ko’zlar
furasilin,kaliy permaganatning iliq eritmasida ho’llangan steril doka tampon bilan
ko’zni tashqi burchagidan ichkariga tomon qilinadigan harakat bilan yuviladi.
Bunda iflos ko’z yosh xaltasi orqali chiqib ketadi.
QULOQ VA BURUN PARVARISHI
Quloqlar ham xuddi ko’z kabi ishlatilgan eritmalar yordamida yuviladi.,
Uzoq muddatga yotgan bemorlarda qulog’ini hamshira
vaqti -vaqti bilan tozalab
turishi kerak.Dastlab qo’lni yuvib, quloqqa bir necha tomchi 3% vodorod peroksidi
tomiziladi, so’ngra yig’ilib qolgan kir paxta pilik bilan aylanma harakat yordamida
chiqariladi. Kir ko’p bo’lganda quloqni shprits yordamida yuviladi. Burun
parvarishi alohida ahamiyatga ega. Burun yo’llarini
tozalash uchun bemorni
boshini orqaga egib,burun yo’llariga vazelin moyiga
botirilgan pilik yordamida
aylanma harakat qilib artiladi.Bu muolaja nihoyatda oddiy, lekin e’tibor
va sabr-
toqatli bo’lishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: