Mashg’ulot №-8 Mavzu: Yosh bolalarni jismoniy va asab-ruhiy tarbiyalash vositalari. Mashg’ulot maqsadi: 1.Yosh bolalarni jismoniy va asab-ruhiy tarbiyalash vositalarini qo’llash usullarini
o’zlashtirish.
2.Kun tartibi, asab faoliyati buzilishlarini oldini olish asoslarini o’rgatish.
3.Bolalarni o’sish va fe'l atvorini kuzatishni o’rgatish.
Vazifalari: 1.Bolalarni jismoniy va asab-ruhiy tarbiyalash vositalarini qo’llash uslublarini
o’zlashtirish
2.Bolalarni fe'l -atvori harakatlarini kuzatib, ularning jismoniy va asab-ruhiy
tizimini taraqqiy etishini baholashni o’rgatish.
3.Turli xil yoshdagi bolalar uchun tuzilgan kun tartibi asosini o’rganish.
Talaba bilishi kerak: 1.Bolalarni har tomonlama mukammal rivojlanishida jismoniy va asab-ruhiy
tarbiyani rolini.
2.Yosh bolalarning asab-ruhiy tarbiyasining asosiy uslub va qoidalarini.
3.Turli yosh guruhlarida kun tartibininig tuzilishi tomoyilarini.
4. Bolalarning yoshiga mos zaruriy o’yinchoqlar to’plamini.
5. Asab buzulishining oldini olish tadbir va vositalarini.
Talaba qila bilishi kerak: 1.Bolalarni asab-ruhiy tarbiyasining ko’nikma uslublarini egalaganini bilishi kerak.
2.Har xil yoshdagi bolalarni o’sishi va yoshiga qarab, ularni ruhiy tarbiyalashni
baholashni.
3.Bolalarni yoshiga qarab o’yinchoqlarni tanlashni.
4.Bolalarni sayr, o’yin hamda dam olishni tashqil etishda qatnashish.
5.Bolalar bilan muloqatda bo’lishda ahloq va odob qoidalariga rioya qilishni.
6.Yosh bolalarni guruhlarda jismoniy va ruhiy tarbiyalash qoidalariga rioya qilib,
kun tartibini tuzishni.
Muhokama etiladigan savollar : Asosiy bilimlar bo’yicha: 1.Psixologiya.
2. Kun tartibi.
Mashg’ulot mavzusi bo’yicha 1.Bolalarning jismoniy va asab-ruhiy ta'sir usullari va vositalarini qo’llash orqali
tarbiyalash usullari.
47
2.Bolaning asab-ruxiy rivojlanishini harakat ko’nikmalari rivoji va bolaning
hulqini nazorat orqali baholash.
3.Turli yoshdagi guruh bolalari uchun kun tartibi ko’rinishining tamoyillari.