49
chunki bolalar ularni og’ziga soladilar. O’yinchoqlar mustahkam , oson
yuviladigan bo’lishi kerak. Kun davomida o’yinchoqlarni almashtirib turish,
kichkintoyni mustaqil o’ynashga o’rgatishga harakat qilish maqsadga muvofiqdir.
O’yinchoqlarni har kuni yuvish, shu bilan birga bolalarni ozodalikka o’rgatish
lozim.
Bola hayotinig ikkinchi yilidagi mashg’ulotlar:
Bolaning harakatga nisbatan bo’lgan tabiiy ehtiyojini qondirish zarur,
nutqning o’sishini rag’barlantirib atrof muhitga bo’lgan tushunchasini
kengaytirish,tushunadigan so’zlarni sonini ko’paytirib,hodisalarni ifodalash
tushunchasini
o’stirib,ularni
narsalar
bilan
bog’lashini
(mashina-“bi-
bi”,yomg’ir”chiq-chiq”, qo’g’irchoq uxlayapdi –“bay-bay”), ya'ni mu'ayyan
haqiqiy fikrlashni rivojlantirish, kattalar nutqini diqqat bilan tinglashni o’rgatish va
savollarga javob berish, topshiriqlarni bajarish, nutq muomalasiga ehtiyojni va o’z
so’z boyligini oshirish, talaffuz qilinuvchi so’zlarni birinchi yarim yillikda 30 ta
oddiy so’zga yyetkazish va ovozga taqlid qilishni tarbiyalash, ikkinchi yarim
yillikda -100 tagacha murakkab so’zlarni , nafaqat otlarni va fe'llarni , balki
predmetlar sifatini orasidagi munosabatlarni (hol,sifat) o’rgatish nutqda 2-3
jumlani ishlatishga o’rgatish , harakatlar rivojlanishini rag’batlantirish, syujetli
o’yinlarga o’rgatish zarur. Musiqa mashg’ulotlarining o’tkazishning asosiy
maqsadi - qo’shiq so’zlarini tinglash ko’nikmalariga o’rgatish, ovozga taqlid
qilishga va eng oddiy qo’shiq ohanglarini takrorlashga ko’nikma hosil qilish ritm
sezgisini rivojlantirish, o’yin va raqs harakatlarini o’zlashtirishdir.
Tavsiya qilinadigan o’yinchoqlar va qo’llanmalar: matreshkalar , piramidalar,
paqirchalar, chambaraklar,aylana halqalar, koptoklar. O’yinchoqlar: kiyintirilgan
qo’g’irchoqlar, qo’g’irchoq mebellari, alyumin idish-tovoqlar, o’yinchoq
hayvonlar, sodda qurilish materiallari, turli mashinalar, kubiklar, bir yarim
yoshdan boshlab - qum, ikkinchi yoshning oxirlarida-o’yin uchun suv kerak. Ikki
yoshli bolalar o’ynashlari uchun xonaning burchagi maxsus jihozlanadi, toza
gilamcha to’shaladi, chunki bu yoshda bola yakka o’zi polda o’ynashni yoqtiradi.
O’yinchoqlar o’tkir qirrali va og’ir bo’lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: