53
Asosiy bilim bo’yicha
1.ovqatlanish, parhez taomlar
haqida tushuncha
2.oshqozon ichak trakti kasalliklari
Mashg’ulot mavzusi bo’yicha
1.Bolalarni ovqatlantirishni kasalxona sharoitida to’g’ri tashkillashtirishni
o’zlashtirish
2.Bolalarni ovqatlantirishda hamshira va ovqat tarqatuvchisini roli va ahamiyatini
tushuntirish
3.Ovqat tarqatuvchi xonani ishlash tartibi va ovqat bilan ta'minlash bilan tanishish
4.Parhez taomlar va fiziologik stolni belgilash qoidalari bilan tanishish
5.Erta yoshdagi bolalarda va og’ir kasal bolalarda
ovqatlantirish qoidalari va
texnikasini o’zlashtirish.
6.Tabiiy ovqatlantirish ustunligini aniqlash, bolani ko’krak bilan boqish texnikasi.
7.Sharbat va ovqatlarni ovqat tarkibiga kirgizish qoidalari va vaqtini o’zlashtirish.
8.Sun'iy va aralash ovqatlantirish qoidalarini o’zlashtirish, butilka va so’rg’ichlarni
sterilizatsiya qilish
Mavzuning mazmuni.
Bola organizmini o’sishi va rivojlanishni ta'minlovchi
omillardan biri bu
ovqatlanishni to’g’ri tashkil qilishdir. Ayniqsa kasal bola uchun to’la ovqatlanish
muhim ahamiyatga ega, hayotiy jarayonlarni va to’qimalarni qaytadan yangi hosil
bo’lishda juda katta rol o’ynaydi. Bu patologik jarayon ko’p hollarda oqsillar
buzilishi bilan kechadi, mineral moddalar ajralishi ortadi, vitaminlar
kamayadi, shu
sababli antitelalar hosil bo’lishi kamayadi,
organizm qarsxiligi pasayadi, shuning
uchun parhez,
kasal bolalarga belgilangan, kasal organizm talab qilgan miqdorni
to’ldirishi kerak, bolani fiziologik talablariga va yoshga
qarab ovqatni belgilash
bilan birga shuni hisobga olish kerakki ayrim hollarda, ayniqsa isitma chiqayotgan
kasalliklarda oshqozon ichaklarida sekretsiya va motor funksiyalari susayganligi
belgilangan. Davolash profilaktika bo’limida parhez
ovqat terapiyani asosiy
qismlardan hisoblanadi.Shuning uchun ovqatlar zamonaviy talablarga javob
beradigan tarzda tashkil qilingan bo’lish kerak.
O’rnatilgan nomekulatura bo’yicha parhez taomlar 1-15 gacha va umumiy №15 va
16 bo’yicha belgilanadi.
Parhez №16 1 yoshu 3 oydan-3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun.
№ 15 3 yoshdan - 15 yoshgacha va undan kattalar uchun.
Bu parhez boladagi
ovqat ingridentlariga bo’lgan fiziologik talabni qondiradi.
Parhez taomlarga quyidagilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: