86
2. Yurak qon-tomir a'zolari kasalliklarining asosiy shikoyatlari.
3. Puls haqida ma'lumot. Arterial qon bosimi to’g’risida tushuncha
Mashg’ulot mavzusi bo’yicha
:
1.Bolalarda ko’proq uchraydigan yurak va qon -tomir
kasalliklarining asosiy
belgilari.
2.Yurak kasalliklari bilan og’rigan bolalarni parvarish qilish.
3.Puls va arterial qon bosimni o’lchash, uni qayd qilish.
4.Obmork, kollapsda yordam ko’rsatish.
5. Yurak to’xtaganda birinchi tezkor yordam ko’rsatish.
Mavzuning mazmuni
Yurak qon-tomir tizimi bilan og’rigan bemorlarning
asosiy shikoyatlari,
yurakni tez tez urishi, yurak sanchig’i, bosh og’rigi,
bosh aylanishi, hushini
yo’qotish, shishlar paydo bo’lishi,nafas qisishi,
ishtahasizlik va jismoniy
rivojlanishdan orqada qolish va boshqalar.
Yurak- qon tomir kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni parvarish qilishning asosiy
maqsadi yurak ishini yengillashtirishdan iborat.Qon aylanish kasalliklari bilan
og’rigan bemorlarni parvarishini hamshira amalga oshiradi. U bemorning umumiy
holatiga alohida e'tibor berish lozim. Masalan: terini rangini o’zgarishiga, oyoq-
qo’llarining muzlashi,
puls tezligi va Harakteriga, nafas olishiga,
arterial
bosimining o’zgarishiga, peshob chiqarishni o’zgarishiga va hakazo.
Uzoq o’rinda yotish yotoq yaralarni paydo bo’lishiga olib keladi,shuning
uchun
terini parvarish qilish lozim.Har kuni terini kamfor spirti bilan, odekolonda artish,
o’rinlarni to’g’rilash va tozalash kerak.
Palatada va koridorda tinchlik bo’lishi lozim, yurak kasalliklarida kislorod
yetishmaganligi sababli xonani tez -tez shamollatib turiladi.Hamshira o’rinda
yotish tartibiga rioya qilinayotganligini kuzatib borishi kerak, bemorni tekshirish
xonalariga
olib borilishini, bolaning umumiy ahvolini, (ishtaha, peshob, harorat)
puls va nafas tezligini kuzatishi lozim.Bolalar
shifoxonalarida yurak
patologiyalarida quyidagi harakat rejimi belgilangan.
Dostları ilə paylaş: