188
muslar, qo‘shimcha xo‘jayini chuchuk suv baliqlari (cho‘rtan,
olabug‘a, yelimbaliq, gulmohi). Parazit tuxumlari tezak bilan suvga
tushgach, suvning haroratiga bog‘liq holda 3—5 hafta ichida
uning ichida lichinka — koratsidiy hosil bo‘ladi. Uning 6 ta xitinli
ilmoqchalari tikanchalar bilan qoplangan bo‘ladi. Kelgusida
koratsidiylarni oraliq xo‘jayinlari alimentar ravishda iste’mol qil-
ganlarida ularning ichaklarida koratsidiy o‘zining tikanli qobi-
g‘ini tashlab 2—3 haftadan so‘ng o‘sib-rivojlanib ikkinchi bos-
qichdagi lichinka — protserkoidga aylanadi. Ana shunday protser-
koid bor bo‘lgan qisqichbaqalarni baliqlar iste’mol qilganlarida,
ularning organizmida qisqichbaqalar hazm bo‘ladi, uning ichidan
chiqqan protserkoid, ichakning devorlari orqali qorin bo‘shli-
g‘iga, mushaklarga, teriosti kletchatkasiga yetib borib, o‘sadi,
rivojlanadi va invazion lichinka — plerotserkoidga aylanadi.
Òanasida plerotserkoid bor bo‘lgan baliqlarni yaxshi pishi-
rilmagan holda odamlar iste’mol qilsalar yoki xom holatda
go‘shtxo‘r hayvonlar iste’mol qilishsa kasallikka chalinadilar.
Prepatent rivojlanish davri bir oyni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: