190
lichinka hosil bo‘ladi. Ichida invazion lichinkasi bor bo‘lgan
tuxumlarni oraliq xo‘jayinlari alimentar ravishda iste’mol
qilishganlarida, ularning ichaklarida tuxumdan lichinka chiqib
qorindagi qon tomir ichiga kirib oladi, o‘sadi, rivojlanadi, 45—
60 kun o‘tgach birinchi marotaba tullab II bosqichdagi lichin-
kaga, 3,5—4 oy o‘tgach esa ikkinchi marotaba
tullab III bos-
qichdagi lichinkaga aylanadi. Òanasida invazion lichinkasi bor
bo‘lgan oligoxetlarni baliqlar iste’mol qilishganlarida, ularning
organizmida dioktofimlar o‘smaydi, rivojlanmaydi, biroq o‘zining
hayotchanligini saqlab qoladi. Ana shunday invaziyalangan ba-
liqlarni it va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlar iste’mol qilganlarida
kasallikka chalinadilar. Ichakning devorini teshib to‘g‘ridan to‘g‘ri
buyrak
tomon harakatlanib, uning
parenximasini teshib kirib
oladi, o‘sadi, rivojlanadi va 9 oydan so‘ng jinsiy voyaga yetadi.
Latent davri 3—5 yil.
Dostları ilə paylaş: