Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   152
Epizootologik ma’lumotlar. Dioktofimozning tabiiy o‘choq-
lari mavjud. Bizda dioktofim lichinkalari Orol dengizida va Aydar-
ko‘lda uchraydi.
Patogenez va kasallikning klinik belgilari. Jinsiy voyaga yetgan
parazitlarning ko‘pchiligi buyrakda, faqatgina ba’zan qorin
bo‘shlig‘ida joylashib parazitlik qiladi. Nematodalar buyrakka yetib
borgach, dastlab oshqozon-mushak qatlamiga kirib, u yerda turli
kattalikdagi gematomalarni hosil qiladi, so‘ngra qorin bo‘shlig‘iga
tushib jigarga yaqinlashib qoladi. Jigarning parenximasiga, so‘ngra
esa buyrakka kirib oladi. Natijada uning devorlari tortiladi,
yupqalashadi, buyrak atrofiyaga uchraydi. Nematodalar ba’zan
uretraga kirib qolishi mumkin. Bularning oqibatida ushbu or-
ganlarning funksiyasi buziladi, butun organizmda, tanada og‘riq
paydo bo‘ladi. Odam yoki hayvonlarda ishtaha yo‘qoladi, qusish
kuzatiladi, oriqlanadi, lohaslanadi. Buyrak ichida loyqa qon ara-
lash suyuqlik to‘planadi, uning hidi xuddi siydik hidiga o‘xshash
bo‘ladi. Buyrakning ichki shilliq pardasi ko‘kimtir-oq yoki sariq
tusga kiradi. O‘zgargan joylarda ohak moddasi to‘planadi.
Òashxis hayvonlarni yorib parazitlarni topish asosida qo‘yiladi.
Go‘shtxo‘r hayvonlarning hamda odamlarning siydigi gelmin-


191
toovoskopiya usulida tekshirilib, parazit tuxumlarini topib qo‘-
yiladi. Baliqlarda esa ichaklarda, qorin devorlarida kapsulaga o‘ral-
gan lichinkalarni topish asosida qo‘yiladi.
Davolash faqat jarrohlik yo‘l bilan amalga oshiriladi.
Profilaktikasi. Dioktofimoz uchun nosog‘lom suv havzalarini
aniqlash, go‘shtxo‘r hayvonlarga xom, pishirilmagan baliqlarni
yedirmaslik, dioktofimoz bo‘yicha nosog‘lom xo‘jaliklarda baliq-
larni ovlash va unga ishlov berish hududlariga itlarni yo‘latmaslik,
mo‘ynali hayvonlar ratsionidan xom baliqlarni olib tashlash, baliq-
chilik xo‘jaliklarida ishlovchilar orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini
amalga oshirish kasallikning oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Rafidaskaridoz — bu baliqlarning nematodoz kasalligi bo‘lib,
Anisakidae oilasiga mansub Raphidascaris acus ning ham li-
chinkalari va ham voyaga yetgan shaklining parazitlik qilishi
oqibatida qo‘zg‘atiladi. Voyaga yetgan parazitlar yirtqich baliqlar-
ning ichaklarida, lichinkalari esa ko‘pchilik baliq turlari (ko‘-
pincha karp turidagi)ning ichki organlarida parazitlik qiladi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin