195
nematodalar shakllanadi va urg‘ochi nematodalarning otalanishi
kuzatiladi. Otalangan urg‘ochi nematodalar suzgich pufagidan
mushak to‘qimasiga, teri tangachalardagi kissachalarga migratsiya
qilib, kelgusi yili bahorgacha shu joyda qolib jinsiy voyaga yetadi.
Urg‘ochi filometroideslarning to‘liq hayotiy davri 11—12 oy,
erkaklari esa 13—14 oydan so‘ng yakunlanadi.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik karpchilik xo‘jaliklarida
keng tarqalgan bo‘lib, ham hovuzli xo‘jaliklarda va ham tabiiy
suv havzalarida qayd etilgan. Faqat zog‘orabaliq, sazan va ular-
ning gibridlari kasallanadi. Chavoqlar 7—8
kunligidan zoo-
planktonlar bilan oziqlanishga o‘tish vaqtidan boshlab zararla-
nadi. Invaziyaning ekstensivligi va intensivligi may oyidan iyul
oyigacha oshib boradi. Iyul oyining oxirida kelib invaziyaning
ekstensivligi 80—90% ga yetib, har bir baliq organizmida 7—12
ta va undan ham ko‘p lichinkalar bo‘lishi mumkin. 2—3 haftalik
chavoqlar orasida ommaviy ravishda o‘lim kuzatiladi.
Ekstens va intensinvaziyaning eng yuqori bosqichi 2 va 3 yoshli
baliqlarda namoyon bo‘ladi. Kuz va qish fasllarida zararlanish
kuzatilmaydi. Yozda zararlangan baliqlar kelgusi yili bahorgacha
qoladi.
Invaziyaning manbayi — bu
zararlanib qishlagan baliqlar,
invaziyalangan qisqichbaqalar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: