Baliqchilik asoslari


Kasallikning klinik belgilari va patogenezi



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   152
Kasallikning klinik belgilari va patogenezi. Kasal baliqlar o‘sish-
rivojlanishdan orqada qoladi, oriqlanadi, shilliq pardalar oqaradi.
Kasal baliqlar ayrim paytlarda nobud bo‘ladi yoki baliqxo‘r
parrandalarga yem bo‘lib qoladi.
Xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan ilmoqboshlilarning xar-
tumi baliqlarning ichak devoriga kirishi oqibatida shilliq par-
dasi jarohatlanadi, natijada patogen mikrofloralarning rivojlanishi
uchun qulay sharoit yaratiladi. Parazitlar yopishgan joyda yallig‘-
lanish jarayoni avj oladi.
Patologoanatomik yorib ko‘rilganda ichaklarning gemorragik
yallig‘lanishi kuzatiladi, shilliq pardalarga qon quyiladi. Ilmoq-
boshlilarning ichak shilliq pardasiga yopishgan joyida tugunakcha
hosil bo‘ladi, shilliq pardasi gipertrofiyalanadi. Ichak tutashgan
shaklni egallaydi. Hazmlanish jarayoni buziladi. Kasallik, ayniqsa,
bir va ikki yoshli baliqlarda og‘ir ko‘rinishda kechadi.
Òashxis. Gelmintologik yorib, ichaklarda ilmoqboshlilarni
topish asosida qo‘yiladi. Òopilgan ilmoqboshlilar yig‘ib olinib
ularning turi aniqlanadi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Davo-
lash usuli ishlab chiqilmagan. Sog‘lom suv havzalariga zarar-
langan baliqlarni olib kelish taqiqlanadi. Baliqlarni tashishda


201
tekshiruvdan o‘tkaziladi. Gulmohi turidagi baliqlarni oziqlantirish
uchun sog‘lom suv havzalaridan gammaruslar tayyorlanadi.
Exinorinxoz — bu, asosan, losos, olabug‘a, oq baliq va ba’zan
zog‘orabaliq, xarius, koryushka turlariga mansub baliqlar va kit,
ugrabaliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, uni Echinorhynchidae
oilasiga mansub Pseudo echinorhynchus clavula ilmoqboshisining
parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atilib, kasallik hazm organi fao-
liyatining izdan chiqishi, o‘sish-rivojlanishdan orqada qolishi,
oriqlanishi va ayrim paytlarda baliqlarning nobud bo‘lishi bilan
xarakterlanadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin