239
XVI bob.
BALIQLARNING MEXANIK
SHIKASÒLANISHI
Baliqchilik sohasining industrial-jadal rivojlanishi sharoitida
ko‘pchilik texnologik jarayonlar baliqlarga mexanik shikast yet-
kazadi. Ko‘pincha mexanik shikastlanish, kontuziya va hokazo
bilan kechadi. Bunda baliqlarning o‘limi to‘g‘ridan to‘g‘ri me-
xanik shikastlanish oqibatida yoki ikkilamchi omillar, ayniqsa,
infeksion kasalliklar natijasida sodir bo‘ladi.
Baliqlarni kuzda
ovlash va o‘tkazish ular uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Bunda
suvning harorati 10 °C dan pastga tushib,
baliq organizmida
kechayotgan jarayonlarning tiklanishi qiyinlashadi, kuz va qishda
olingan jarohatlarning tuzalishi qiyin va sekin bo‘ladi hamda
zamburug‘li va boshqa kasalliklarning kelib chiqishi va rivojla-
nishi kuchayadi.
Bundan tashqari, ushbu davrda baliqlarning oziqlanishi to‘x-
tab, ular uzoq muddat davomida (yoz oyining boshlarigacha)
och qolishadi. Bu esa baliq organizmining kasalliklarga chidam-
liligini pasaytirib yuboradi.
Baliqlarni (ayniqsa, lichinkalari va bir yoshgacha bo‘lganla-
rini) tashishda vujudga keladigan shikastlanishlarning asosiy sa-
babi — bu ularning yaxshi tashkillashtirilmaganligidir.
Baliqlar, ularning ikrasi va lichinkalari nazorat uchun ovlan-
ganida davriy ravishda sortirovka, bonitirovka hamda gipofizar
inyeksiya qilish orqali ovlanganlarida ham shikastlanishlari mum-
kin. Baliqlar profilaktik ishlarni amalga oshirishda, vannalardan
foydalanish jarayonlarida ham jarohatlanadilar. Baliqlarda shi-
kastlanishlarga chidamlilik turlicha bo‘ladi, pelyad,
oq va ola
peshanado‘ng baliqlar va gulmohi juda ham og‘ir o‘tkazishadi.
Shu sababli ularda ommaviy ravishda o‘lim kuzatilishi mumkin.
240
Baliqlarning shikastlanish
omillariga yirtqich baliqlar, ha-
sharotlarning lichinkalari, parrandalar
va baliqlarning boshqa
dushmanlari, suvdagi o‘simliklarning zichligi, shuningdek, baliq-
larni gidroqurilmalar orqali o‘tkazish ham muhim o‘rin egallaydi.
Dostları ilə paylaş: