61
suzgichlari qip-qizil rangda, shuning uchun ham qizil parra deb
ataladi. Bu baliq ko‘rinishidan qizilko‘zga juda o‘xshab ketadi,
ammo qornidagi pushtagi va old og‘iz ekanligi bilan undan farq
qiladi.
Qizil parra mart-iyun oylarida urchiydi, urchish vaqti yashay-
digan yerning iqlim sharoitiga bog‘liq. Dastlab ikki yasharlilari,
so‘ngra boshqalari urchiydi, 100 mingdan 230 minggacha bo‘l-
gan uvildirig‘ini suv o‘simliklariga qo‘yadi.
Uvuldiriq tez ri-
vojlanadi, harorati 20—22 °C da suvda lichinkasi 3 kunda chiqadi.
Chavoqlari kichik qisqichbaqa
hasharot turlari kabi mayda
jonivorlar,
kattalari esa, asosan, o‘simliklar bilan oziqlanadi.
O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda qizil parralarning iq-
tisodiy ahamiyati ham, ko‘llarda ma’lum miqdorda tutiladi.
Sharqiy qizilqanot ugay (Leuciscus brandti) — karpnamolar
turkumining bir turi, karpsimonlar oilasiga mansub. Yapon va
Oxota dengizlari havzasida tarqalgan. Bo‘yi 50 santimetrcha, og‘ir-
ligi 1,5 kilogrammgacha, urchish davrida erkagining qorni va yon
tomonlarida uzun va tiniq qizil rangli yollar paydo bo‘ladi, suz-
gichlari, jabra qopqog‘i, ko‘z atroflari va lablari ham qizarib qo-
ladi. Shuning uchun ham sharqiy qizilqanot deb nom berilgan.
O‘tkinchi baliq, karpsimonlarning sho‘rroq, hatto dengizlarning
sho‘r suvida yashashga moslashgan birdan bir turidir. O‘sish davri
dengizning suvi chuchuklashgan va yemish mo‘l uchastkalarida
16-rasm. Qizil parra.
62
o‘tadi. Lekin uning dengizda qanday hayot kechirishi hali ma’lum
emas. Urchish davrida yosh avlodlar bilan birga daryoga o‘tadi,
bu yerda erkagi ham, urg‘ochisi ham «nikoh libosiga chulg‘a-
nib», boshqacha tus oladi. Urg‘ochisi 15 mingtacha uvuldirig‘ini
tog‘ daryolariga tashlab bo‘lgandan keyin dengizga qaytib ketadi.
Maydalari daryoda gala bo‘lib yuradi, qiyinroq ko‘payishib, ular
ham dengizga yo‘l oladi. Xo‘jalik ahamiyati aytarli katta emas,
yoyma to‘r bilan ovlanadi.
Dostları ilə paylaş: