64
Patma chaboq 4 yoshida voyaga yetadi. Uvuldirig‘ini may
oyida, suv isigan paytda tashlaydi. Urchish vaqtida ertalab suv
yuzida qornini tepaga qilib, suvni sekin chapillatib yuradi. Ser-
pusht baliq — 400 mingtacha uvuldiriq tashlaydi. Òuxumdan
lichinkasi 3—4 kunda chiqadi.
Yevropaning ba’zi bir ko‘llarida uzunligi 50 santimetr. Og‘irligi
6 kilogrammgacha bo‘lganlari uchraydi. O‘rta Osiyoda yashay-
diganlarining eng kattasi 40 santimetr, og‘irligi 1,5 kilogrammcha
bo‘ladi, xolos.
Azaldan ko‘p ovlanadigan baliq hisoblanadi. U qirg‘oqqa
yaqinlashib kelayotgan vaqtda to‘r bilan tutiladi. Ayniqsa, dud-
langan go‘shti juda mazali, har yili Orol dengizida bir necha o‘n
minglab sentner ovlanadi.
Dostları ilə paylaş: