69
Sirdaryoda Chinoz bilan Bekobod o‘rtasidagi, Amudaryoda
esa Nukus hamda uning yuqorisidagi sayoz va toshloq yerlarda
uvuldiriq tashlaydi. Sirdaryoda urchiydigan yeriga yoz davomida
ikki ming km masofani bosib, sentabr oyining oxirlarida yetib
keladi. Qishni loy bosgan chuqur kamarlarda o‘tkazadi, aprel-
ning o‘rtalarida (Kura daryosida may-iyunda) tuxum tashlaydi.
1290000 tacha uvuldirig‘ini tashlagandan keyin ortiga qaytadi va
bir yil deganda Orol dengiziga yetib boradi. Kelasi yil yana ur-
chish uchun daryoga o‘tadi. Qisqasi, bakra 2 yilda 1 marta urchiydi.
Daryo oqizib ketgan chavoqlari 12 yoshga kirguncha dengizda
yashaydi, so‘ngra urchish uchun daryoga o‘tadi. Lekin Kura
daryosida chavoqlarining ma’lum qismi bir qancha vaqtgacha
uvuldiriqdan chiqqan yerida yashaydi. Bu bakra shokir, rus bak-
rasi, beluga bilan qo‘shilishib, duragay hosil qiladi, duragaylarni
faqat tajribali baliqchilargina ajrata oladi.
Bakralar aterina, buzoqchabaliq, kilka kabi mayda baliqlar,
molluska, xironomik, yonsuzar va ularning murtaklari kabi turli
xil umurtqasiz jonivorlar, ba’zan ularning uvuldiriqlari bilan ham
oziqlanadi. Voyaga yetgan baliqlar bahorda juda xo‘ra bo‘ladi,
qishda ovqatdan qoladi.
Dostları ilə paylaş: