109
oziqlantirish baliq mahsulotini ko‘paytirishning asosiy qismi
hisoblanadi. Shu bilan birgalikda suv hovuzlarida gigiyena sha-
roitlariga amal qilish muhimdir.
Hovuzlarda baliqlarni o‘stirish ikki usulda amalga oshiriladi:
iliq suvli; sovuq suvli. Bunday o‘stirishga sabab baliqlarning bio-
logik xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Iliq
suvli hovuz baliqchiligi xo‘jaliklarida, asosan, zog‘orabaliq, amur
oq balig‘i, do‘ngpeshana (oq va talg‘ir), do‘ngpeshanali, tillasi-
mon tovonbaliq va boshqalar urchitiladi. Bu zotdagi baliqlar ba-
hor va yozda o‘sadi va rivojlanadi. Havo isigandan keyin, uvul-
diriq qo‘yilgan joyiga borib, o‘sha joyda ko‘payadi. Qishda suv-
ning tubidagi chuqur joyiga borib yetadi va kam harakatlanadi.
1. Ekologiya nima? Uning bo‘limlarini sanab bering.
2. Yashayotgan hududlariga ko‘ra baliqlar shartli ravishda qaysi gu-
ruhlarga bo‘linadi?
3. Baliqlarning migratsiyasini izohlang.
4. Mamlakatimizda urchitilayotgan baliqlarni ko‘chirish va iqlim-
lashtirishdan avval nimalarga e’tibor berish kerak?
Dostları ilə paylaş: