Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   152
Ikralarni tashish. Otalangan ikralarni ularning rivojlanish dav-
rining boshlang‘ich yoki oxirgi bosqichida tashish tavsiya etiladi.
Chunki ayni shu bosqichlarda tashqi sharoitning mexanik ta’sir-
lariga (tashilayotgan idishlarning devorlariga urilishi, idishlar
qattiq chayqalganda hosil bo‘ladigan suv to‘lqinlarining ta’siri)
chidamliligi yuqori bo‘ladi. Qisqa masofalarga ikralarni tashish
oddiy shisha bankalardan foydalanib amalga oshiriladi.
Buning uchun bankadagi suvga ikralar solinib, ustiga sekin
oxirigacha suv quyiladi. Bankaning og‘ziga doka yopilib, u orqali
suv sirqitilib bankaning og‘zi mahkam yopilib, izotermik quti-
larga joylashtiriladi, shunday qilib quti ichidagi harorat kerakli
chegarada ushlab turiladi.
39-rasm. Lichinkalarni tashishda foydalaniladigan polietilen xalta.


135
Lichinkalarni tashish. Lichinkalarning rivojlanishi qaysi bos-
qichlarda qanday holda bo‘lishi ularning tashish natijasiga ta’sir
qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Masalan, lososlarning
embrioni hayotining dastlabki ikki haftasida harakatlanmay yotadi.
Bunday holdagi lichinkalar tashilganda, ular orasida nobud
bo‘lish darajasi juda yuqori bo‘ladi. Agarda ikralar olib kelingan
xo‘jalikda ularning inkubatsiyalanishini yakunlashga sharoit
bo‘lmasa, unda o‘sha baliqlarning lichinkalarini tinch bosqichi
tugagandan keyin tashiladi. Shunday ekan, suvning harorati qancha
yuqori bo‘lib, uning tarkibidagi erigan kislorod miqdori kam
bo‘lsa, suv hajmining har bir birligiga (1 litr, 10 litr, 100 litr va
h.k.) shuncha kam sonli lichinkalar joylashtiriladi.
1. Baliqlar qanday maqsadda tashiladi?
2. Baliqlar nimalar yordamida tashiladi?
3. Baliqlarning ikralarini tashish usullarini bayon eting.
4. Lichinkalar qanday tashiladi?
NAZORAT SAVOLLARI

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin