144
xloroformda, glitserinda hamda pH 3,5 gacha bo‘lganida ancha
sezuvchan. Virus 44 °C da butunlay inaktivlanadi, 15 daqiqa
davomida 30 °C da o‘zining patogenlik xususiyatini 50 % ga
yo‘qotadi. 50 % li glitserinda, agarda harorat 14 °C bo‘lganida
virus o‘zining infeksion xususiyatini qariyb 6 kundan so‘ng
yo‘qotadi. Virus 14 °C dagi distillangan suvda bir sutka ichida
saqlansa, o‘zining faolligini 50% ga, suv havzalarida saqlansa,
qariyb 90% ga yo‘qotadi. Virusga ultrabinafsha nurlari 10 daqiqa
davomida o‘ldiruvchi ta’sir qiladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar-
dan 2% li natriy ishqori va 3% li formalin virusni 5—10 daqiqa
davomida o‘ldiradi. Aktiv xlor ixtiopatologiyada keng qo‘llaniladi,
konsentratsiyasiga qarab virusni 2—20 daqiqa ichida o‘ldirish qo-
biliyatiga ega.
Gulmohi baliqlarning o‘ligida, agarda ular VGS oqibatida
o‘lgan va agarda jasad muzda saqlanayotgan bo‘lsa, virus o‘zi-
ning hayotchanligini 24 soat davomida saqlay oladi, —20 °C va
undan pastki haroratda virus o‘zining infeksion qobiliyatini 2 yil
ichida saqlab qoladi, biroq bunda titri 2 marotaba pasayadi.
VGS virusining bir qancha tiplari aniqlangan. Masalan, H
(jigar), R (buyrak), V (visseral) va P (umumiy ta’sirlovchi) hamda
N (neyrotrop).
Dostları ilə paylaş: