153
Kasallikning klinik belgilari. Kasal baliqlar holsizlangan, tashqi
taassurotlarga javob bermaydi, toza suv oqimiga kelib to‘planib
qoladi. Kuchsizlangan, holdan toygan baliqlarni suv oqimi oqizib
yuborib, suv chiqarib yuboradigan uskunalarning panjalari oldida
yig‘iladi. Qishlovchi komplekslardagi basseynlarda kasal baliqlar
o‘zini
passiv idora qiladi, suv yuzasiga so‘lg‘in
harakatlanadi,
ularni qo‘l bilan ushlash oson. Patologik jarayonning rivojlanishi
oqibatida baliqlarda ko‘r bo‘lish, teri tangachalarining manbali
to‘kilishi va qorinning kattalashuvi (suvning to‘planishi oqibatida)
kuzatiladi. Òangachalar to‘kilgan joylardagi qora-yashil tusdagi
dog‘lar tovlanuvchi qoramtir rangga kiradi, tananing turli qism-
larida, ayniqsa, jabra qopqoqchasi yonida, ko‘krak va qorin suz-
gichlarining asosida nuqtasimon yoki manbali qon quyilgan hamda
ko‘zning oq pardasida o‘roqsimon qon quyilgan.
Dostları ilə paylaş: