Baliqchilik asoslari


Oldini olish va qarshi kurashish



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   152
Oldini olish va qarshi kurashish. Kasal zog‘orabaliq lichin-
kalari (malki) davolanadi. Buning uchun vanna usuli qo‘llaniladi.
0,2% li ammiak eritmasida (2 ml nashatir spirti 1 litr suvga)
0,5—1 daqiqa davomida (suvning haroratiga bog‘liq holda) saq-
lanadi. Osh tuzining 5% li eritmasini ishlatish mumkin. Malki-
larni davolashda xlorofos eritmalari tavsiya etilgan (diptereks,
neguvon). Dozasi 0,6—1,0 g/m
3
suvda, bunda suv almashuvi
48 soat davomida to‘xtatiladi.
Pastki suv havzalariga invaziya kirib kelishining oldini olish
maqsadida sharshara oldida baliq ushlovchi uskunalar, qum-toshli
filtrlar o‘rnatiladi. Hovuzlarda zog‘orabaliq lichinkalarining
intensiv o‘sishi uchun shart-sharoit yaratiladi, yosh baliqlarni
o‘stiruvchi hovuzlar yaxshilab dezinfeksiyalanadi, quritiladi,
hovuz ostidagi loyqalar yaxshilab shudgorlanadi, so‘ngra baliq
lichinkalarini o‘tkazishdan 10—12 kun oldin suv bilan to‘ldiriladi.
Bu muddatda nosog‘lom xo‘jaliklarda qishlagan daktilogirus
tuxumlaridan chiqqan lichinkalar o‘ladi. Yosh malkilarni katta
yoshdagi baliq va tovonbaliq turidagi baliqlar bilan birgalikda
saqlamaslik, baliqlarni tashishda sanitar nazoratni o‘rnatmoq
maqsadga muvofiqdir.
Girodaktiloz — bu chuchuk suv baliqlarining invazion ka-
salligi bo‘lib, Gyrodacthylidae oilasiga mansub monogenetik
so‘rg‘ichli baliqlarning terisida, suzgichlarida, kamroq jabrasida
parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik teri va suzgich-
larning nursizlanishi (xiralashuvi), dastlab dog‘lar, keyinchalik
esa epiteliy hujayrasining tushishi bilan kechuvchi och ko‘kimtir-
kulrang tusdagi pardaning (qobiqchaning) hosil bo‘lishi bilan
xarakterlanadi. Kasallikka ko‘proq karp turidagi baliqlar: zo-
g‘orabaliq, sazan, tovonbaliq, gulmohi, oq amurlar moyil.
Hovuzli xo‘jaliklarda ko‘proq girodaktiluslarning quyidagi turlari


167
uchraydi: zog‘orabaliq, sazan va tovonbaliqlarda — Gyrodacthylus
katharineri, G.cyprini, G.elegans, oq amur baliqlarida —
G.etenopharyngodonis, baliqlarda esa G.anguillae. Chuchuk suv
baliqlarda jami bo‘lib 20 turdan ortiq girodaktiluslar parazitlik
qiladi. Shulardan G.katharineri va G.cyprini eng xavflilari hi-
soblanadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin