Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   152
Qo‘zg‘atuvchisi. D. spathaceum tanasi yassi, ovalsimon bo‘lib,
uzunligi 0,4—0,5 mm, eni 0,2—0,3 mm, o‘rtasi xuddi bog‘lab
qo‘yilganga o‘xshaydi va oldingi qismi bargsimon kengaygan, orqa
qismi esa biroz toraygan va silindrsimon shaklda. Òananing ol-
dingi qismida quloqsimon o‘simtasi mavjud, og‘iz so‘rg‘ichi, uning
ostida, tananing pastrog‘ida tuxumdon, bachadon va urug‘don
joylashgan. Òanasi tiniq, tananing o‘rtasida qorin so‘rg‘ichi, uning
yonida esa temirli fiksatsiyalovchi Brandes organi joylashgan.
Og‘iz teshigidan qisqa qizilo‘ngach ikkiga bo‘linib, ichak nayla-
rini hosil qiladi, ular tananing oxirgi qismida bir-biri bilan bir-
lashib ko‘richakni hosil qiladi.
Biologik rivojlanishi. Parazitning jinsiy voyaga yetgan shakllari
baliqxo‘r parrandalarning ichaklarida parazitlik qiladi (definitiv
xo‘jayin), parazit tuxumlari parranda najasi orqali suvga tushadi.
Òuxumdan lichinka chiqadi (miratsidiy), u kiprikchalar bilan o‘ral-
gan bo‘lib, ular yordamida suvda suzib yuradi. Miratsidiy suvda
chuchuk suv molluskalari tanasiga kirib oladi va u yerda par-
tenogenetik (jinssiz) yo‘l bilan ko‘payadi. Dastlab sporotsista,


171
undan bir qancha rediylar, ulardan esa dumli serkariylar hosil
bo‘ladi, ular molluskalar tanasini tark etib, suvda biroz (bir sutka)
suzib yurgach, oraliq xo‘jayinlari — baliqlarni topib, ularning
organizmiga teri qatlami orqali, jabra, hazm organi orqali yoki
to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘zning shishasiga kirib oladi va rivojlanadi.
Serkariylar dumini tashlab qon tomirga kirib olgach, qon oqimi
bilan ko‘zning shishasi, olmachasigacha yetib keladi. U yerda
o‘sadi, rivojlanadi va invazion lichinka — metatserkariyga ayla-
nadi. Baliqxo‘r parrandalar zararlangan baliqlarni iste’mol qil-
ganlarida kasallikka chalinadilar. Prepatent davri 4—5 kun. Ba-
liqlar organizmida metatserkariylar 4 yilgacha o‘zining hayot-
chanligini saqlab turishi mumkin.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin