176
va qizilo‘ngach bifurkatsiyalanib ichak naylarini hosil qiladi. Qo-
rin so‘rg‘ichi tananing to‘rtdan birinchi bo‘lagining
oxirida
joylashgan. Urug‘donlari ikki bo‘lmali bo‘lib,
tananing oxirgi
qismida joylashgan, uning ustiga tuxumdon va urug‘ chiqaruvchi
yo‘l, tananing o‘rta qismi bachadon shoxlari bilan to‘lgan. Jinsiy
teshik qorin so‘rg‘ichining oldida joylashgan.
Biologiyasi. Parazit biogelmint. Oraliq xo‘jayinlari
Bithynia
leachi avlodiga mansub chuchuk suv molluskalari, qo‘shimcha
xo‘jayinlari esa ko‘pchilik karp turidagi baliqlar (qizilko‘z, lin,
ko‘kbo‘yin, karp, leshch, sazan, chebak va boshqalar).
Òezak bilan tashqi muhitga
tushgan tuxumlarning ichida
parazitning miratsidiysi shakllanadi.
Ana shunday tuxumlarni
molluskalar alimentar ravishda iste’mol
qilganlarida ularning
ichaklarida tuxumdan miratsidiy chiqib, ichak devorini teshib
qorin bo‘shlig‘iga, undan esa jigarga kirib o‘sadi, rivojlanadi,
jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi. Dastlab miratsidiy sporotsistaga ay-
lanadi, u esa, o‘z navbatida, rediyni hosil qiladi, unda esa serka-
riylar hosil bo‘ladi. Miratsidiydan serkariy hosil bo‘lguncha 2 oy
muddat kerak bo‘ladi. So‘ngra serkariylar molluska tanasini tark
etib suvda erkin suzib yuradi, qo‘shimcha xo‘jayinlari — baliq-
larni topib ularning terisi orqali mushak qatlamiga biriktiruvchi
to‘qimaga kirib sistaga aylanadi va rivojlanib kasallik chaqirish
qobiliyatiga esa bo‘lgan lichinka — metatserkariyga aylanadi.
Metatserkariylar, asosan, bel mushagining yuzaki va chuqur mu-
shaklarida, qovurg‘alararo mushaklarda, jabrada, suzgich appa-
ratida, ichakning devorlarida va ikrasida parazitlik qiladi.
Asosiy xo‘jayinlari opistorxoz bilan xom, yaxshi pishirilma-
gan metatserkariylar bilan zararlangan baliqlarni iste’mol qil-
ganlarida kasallikka chalinadilar. Asosiy xo‘jayinlarning ingichka
bo‘lim ichagida metatserkariylar sistalardan (kapsula) ozod
bo‘lib, o‘t yo‘llari orqali o‘t xaltasiga yetib boradi va 3—4 haf-
tadan so‘ng esa jinsiy voyaga yetadi. Parazitning patent rivojlanish
muddati 4—4,5 oyga tengdir.
Dostları ilə paylaş: