Baliqchilik asoslari


Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   152
Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Go‘shtxo‘r
hayvonlarga geksixol 0,2 g/kg, geksixol S–0,15 g/kg bir marotaba,
go‘sht farshlari orasiga qo‘yib beriladi. Bunda hayvonlar 12 soat
davomida och qoldirilishi shart. Kuchli invaziyalanganda esa
preparat 0,1 g/kg miqdorda 2 kun davomida beriladi. Dronsit
(prazikvantel) 0,1 g/kg, 12 soat och qoldirib beriladi.


178
Kasallikning oldini olish maqsadida go‘shtxo‘r hayvonlarga
hamda odamlarga xom, yaxshi qovurilmagan, qaynatilmagan
baliqlarni bermaslik. Ayniqsa, Ob va Irtish daryolaridan, Volga va
uning ilmoqlaridan ovlangan baliqlarni go‘shtxo‘r hayvonlar
ratsioniga kiritmaslik. Motorli baliq ovlovchi kemalarda yopiq
tipdagi hojatxonalarning bo‘lishi shart. Bundan tashqari, aholi-
ning gelmintologiya sohasidagi bilimlarini, ayniqsa, baliqchilar,
ovchilar, baliqchilik zavodlaridagi xodimlar, dengizchilarning
bilimlarini yanada oshirish. Opistorxoz bo‘yicha nosog‘lom xo‘-
jaliklardan ovlangan baliqlarni kamida ikki hafta davomida muz-
latish. Bunda mushakdagi tuzning miqdori 14% ga yetishi kerak.
Harorat 21—23 °C da bo‘lishi lozim. Òarg‘ibot-tashviqot ishlarni
yo‘lga qo‘yish zarur.
Klonorxoz — bu odam va go‘shtxo‘r hayvonlarning invazion
(trematodoz) kasalligi bo‘lib, Opisthorchidae oilasiga mansub
Clonorchis sinensis trematodasining jigar va o‘t yo‘llarida, o‘t
xaltasida va oshqozon osti bezida parazitlik qilishi oqibatida
qo‘zg‘atiladi. Uning lichinkali shakli (metatserkariylar) qo‘-
shimcha xo‘jayinlari 70 turdan ortiq chuchuk suv baliqlari
organizmida parazitlik qiladi.
Qo‘zg‘atuvchisi. Clonorchis sinensis ning uzunligi 13—20 mm,
eni esa 3—4 mm bo‘lib, tuzilishi jihatdan xuddi opistorxislarga
o‘xshashdir.
Biologik rivojlanishi. Klonorxislarning rivojlanishi opistorxislar
rivojlanishiga o‘xshash bo‘lib, oraliq xo‘jayin — Parafossalurus
monochiurious va P.monochiurious Bourg molluskalari va qo‘-
shimcha xo‘jayinlari — baliqlar ishtirokida rivojlanadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin