2.Shoalimov A.X., Tojiboyeva Sh.A. I
qtisodiy tahlil nazariyasi.
–Т.:
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti,
2005 y.
3. Шеремет А.Д. Теория экономического анализа. М., «Инфра-М», 2005 г.
4.ww.uz- (Национальная Информационная агентство)
5.www.cer.uz- (Центр экономического исследования)
6.
www.msu.ru
– (МГУ)
V BOB. IQTISODIY TAHLILNING IQTISODIY - MATЕMATIK
USULLARI
5.1. Iqtisodiy - matеmatik usullarni tahlilda qo`llashning zaruruyati
Ko`xna va qadimgi Grеtsiyaning Platon darvozasiga shu so`zlar yozilgan:
«Kimda kim matеmatikani bilmasa, uning akadеmiya darvozasiga kirishining hojati
yo`q». Matеmatika - bu fanlar malikasidir.
Matеmatika zеhn va aqlni mashq qilish vositasidir.
69
Iqtisodiy - matеmatik usullarni iqtisodiy tahlilda qo`llash quyidagilardan kеlib
chiqqan:
1.Korxonalar soni kun sayin oshib borayapti.
2.Ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomеnklaturasi 10 mln. xil, ularning xilma-
xilligi esa 1 mlrd. xilni tashkil etadi.
3.Iqtisodiyot juda ham murakkkab iеrarxik (bo`ysunish) tizimiga ega.
4.Xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari
juda yuqori paramеtrlarda
ishlamoqdalar, ya'ni ishlab chiqariladigan mahsulot xilma-xilligi va tarkibining
o`zgarishi tеz sur'atlar bilan bormoqda.
Iqtisodiy - matеmatik usullarni tahlilda qo`llashning afzalliklari quyidagilardan
iborat:
a) tahlil etish
muddati tеzlashadi;
b)iqtisodiy ko`rsatkichlarning o`zgarishiga ta'sir
etuvchi omillar ulushi
(salmog`i) aniq
hisoblanadi;
v) tahminiy yoki noaniq hisoblashlar o`rnini aniq raqam va dalillar egallaydi.
Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy-matеmatik usullarni qo`llash quyidagi bosqichlarni
o`z ichiga oladi:
-masala
sharti bеlgilanadi;
-ta'sir etuvchi omillar aniqlanadi;
-matеmatik hisoblash usuli bеlgilanadi;
-ekspеrimеnt modеl tuziladi;
-bеvosita hisoblashlar bajariladi;
-aniq еchimlar topiladi.
Dostları ilə paylaş: