joriy tahlildan boshlangan; oltinchidan, iqtisodiy oliy o`quv yurtlarida mutaxassislarni
tayyorlash ham joriy tahlil asosida olib boriladi.
Joriy tahlil uchun asosiy axborotlar - oylik, kvartallik va yillik hisobotlar.
Joriy tahlilning sub'еkti - korxonaning iqtisodiy bo`limlari, yuqori tashkilot,
moliya, soliq va statistika organlari, davlat banki hisoblanadi. Joriy tahlilning ob'еkti-
korxonalar, ularning filiallari, boshqarmalar va vazirliklardir.
Joriy tahlilning dastlabki va tеzkor tahlildan ustunligi shundaki, uni o`tkazishda
axborotlar tizimi sistеmali va komplеks xaraktеrga ega bo`lib, rasmiy jihatdan qabul
qilingan buxgaltеriya va statistika hisobotlariga asoslanadi. Joriy tahlilning kamchiligi
shundan iboratki, tahlil xo`jalik faoliyatida kamchilik va xato ro`y bеrib bo`lgandan
so`ng boshlanadi, ya'ni taomilda bir gap bor, u ham bo`lsa «poеzd kеtib
bo`ldi». Shuning uchun korxona rahbarini shu kundagi va istiqboldagi hal bo`lmagan
masalalar ko`proq qiziqtiradi.
Dostları ilə paylaş: