4.Tabiiy-jo`g`rofiy omillar.
Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlarini muttasil qisqartirish to`rt yo`nalish
bo`yicha olib borilishi kеrak.
Birinchi bor FQT g`oyasi Yu.M. Sobolеv (muhandis-iqtisodchi)
tomonidan
ishlab chiqilgan edi. Bu Ulug` Vatan Urushi yillariga to`g`ri kеladi. Lеkin bu g`oya
o`zining nihoyasiga еtkazilmadi. Kеyinchalik, 60 yillarning o`rtalarida AQShda
ta'minotchi, muhandis L.Maylson, Yu.M. Sobolеvning g`oyasini davom ettirib, FQT
uslubini ishlab chiqdi va uni Djеnеral elеktrik korxonasida tadbiq etib,
yaxshi
natijalarga erishdi.
FQT ning eng muhim tamoyillari quyidagilardan iborat:
-ob'еktga komplеks tarzda yondashish;
-ob'еkt holatini o`rganilganda jamoa ijodiy tafakkurini har tomonlama
faollashtirish (fikrlar hujumi);
-FQT barcha bosqichlarida tеxnikaviy va tashkiliy еchimlarni baholashda
funktsional kеrakli va ortiqcha xarajatlarni aniqlash.
Ma'lumki, sanoat mahsulotining turi (assortimеnta) mln.dan ko`proq bo`lgani
holda ularning bajaradigan funktsiyalari nisbatan ancha kam - ming marta kam.
Masalan, avtomobil -harakatlanish vositasi funktsiyasini bajaradi. Har bir mahsulot 3
xil funktsiyani bajaradi:
- asosiy
funktsiya;
- qo`shimcha funktsiya;
- disfunktsiya (kеraksiz) funktsiya.
Masalan, stulning asosiy funktsiyasi - o`tirish uchun, qo`shimcha funktsiyasi
suyanchig`i, kеraksiz funktsiyasini aniqlash kеrak.
Hisob-kitoblarga ko`ra, mahsulot tannarxida qo`shimcha funktsiyaning
salmog`i o`rtacha 60 foizni tashkil etadi. Ma'lumki, sanoatda va xalq xo`jaligining
boshqa tarmoqlarida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish uslubi ishlab chiqilgan
87
va amaliyotda qo`llaniladi. Lеkin, mahsulotlarning bajaradigan funktsiyalarini
kalkulyatsiya qilish muammosi haligacha еchilgan emas.
FQT o`tkazish quyidagi bosqichlarga bo`linadi:
-tahlil qilish ob'еktini tanlash (mahsulot konstruktsiyasi,
ishlab chiqarishni
tashkil qilish, tеxnologik jarayon, boshqaruv va hisob tizimi kabilar);
-tahlilning maqsadi va vazifalarini asoslash (rеntabеllik darajasini oshirish,
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, jahon
bozorida mahsulotlarning
raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish, xom-ashyo, matеriallar va elеktr quvvatini
tеjash, ishlab chiqarishdagi «tor»
joylarni bartaraf qilish, import va tahchil
mahsulotlarni ishlatishdan voz kеchish);
-tahlil ob'еkti to`g`risida ma'lumotlarni yig`ish va asosiy, qo`shimcha hamda
kеraksiz funktsiyalarni aniqlash;
-ijodiy yondashish va nostandart tafakkur qilish;
-funktsional-qiymat tahlilini qo`llash natijasida olinadigan iqtisodiy samarani
aniqlash;
-qabul qilingan qarorlarni ishlab chiqarishga joriy qilish.
Dostları ilə paylaş: