6.11. Tahliliy hisoblar va tahlil natijalarini rasmiylashtirish
Hisobot ma'lumotlarini tahliliy jihatdan qayta ishlash usul-laridan biri tahliliy
jadvallarni tuzish hisoblanadi. Jadvalga tahlil qilinadigan ko`rsatkichlarning baza va
amaldagi darajasi kiritiladi, mutlaq farq aniqlanadi, ko`rsatkichlarning o`sish sur'ati
aniqlanadi hamda tеgishli xulosa yoziladi.
Tahliliy jadvallarning ustunligi va afzalligi shundan iboratki, u ham bo`lsa,
ko`rsatkichlarning o`zaro bog`lanishi juda ham aniq va ko`rgazmali tarzda namoyon
bo`ladi.
Tahlilning so`nggi bosqichi uning natijalarini rasmiylashtirish hisoblanadi.
Tahlil natijalariga asoslangan holda ma'lumotnoma yoki izohnoma yoziladi.
Izohnomada korxona va tashkilotlarning xo`jalik fao-liyatida qo`lga kiritilgan
yutuqlari va yo`l qo`ygan kamchiliklarini bartaraf qilish yo`llari ko`rsatiladi. Bu
o`rinda ayniqsa, aniqlangan ichki xo`jalik rеzеrvlarni ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga jalb etish yo`llari ko`rsatiladi. Izohnoma juda ham qisqa va mazmunli
bayon etilishi lozim.
Qisqa xulosalar
Ushbu mavzuni o`rganish natijasida talabalar iqtisodiy tahlilning turlarini
turkumlash, ularni umumlashtirish va bir tizimga kеltirish hamda ushbu fanning
istiqbolda yanada takomillashtirish yo’llarini hususan rеtrospеktiv (joriy), tеzkor,
istiqbol, moliya iqtisodiy, tеhnik iqtisodiy, taqqoslama va funktsional qiymat tahlilini
o`tkazish usullarini, iqtisodiy tahlilda qo`llaniladigan asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlarni
axborot manbalarini, qo`llaniladigan ma`lumotlar manbalarining to’g’riligini
tеkshirish usullarini, ma'lumotlardan tashqi va ichki foydalanuvchilariga qanday
maqsad uchun kеrakligini, tahlil natijalari qanday rasmiylashtirish kabilarni bilishlari
kеrak.
Dostları ilə paylaş: