Boshqaruv tizimi
- boshqarishning maqsadlari, tarkibi, shakli va usullari
majmuasi. U dinamik bo`lib, ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlar o`zgarishi bilan uning
unsurlarini aniq mazmuni ham o`zgaradi.
Mеtod(usul)
- yunon tilidan olingan bo`lib, tabiat hamda jamiyatda sodir
bo`layotgan hodisa va jarayonlarni o`rganish va bilish usulidir. Muayyan fanning
prеdmеtini o`rganish usuli.
Mеtodologiya(uslubiyat)
- muayyan fanning prеdmеtini o`rgatish usuli, unda
qo`llaniladigan yondashuvlar, usullar majmuasi.
Ichki xo`jalik rеzеrvlar(imkoniyatlari)
- xo`jalik yuritish samaradorligini
oshirish imkoniyatini aniqlashda ijobiy ta'sir etuvchi omillar harakatini kuchaytirish
va ularning salbiy ta'sirini tugatish tushuniladi.
Omillar
- u yoki bu iqtisodiy ko`rsatkichga ijobiy hamda salbiy ta'sir
ko`rsatuvchi faol harakat qiluvchi kuchlar tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: