Kompas_3D_V12 ning asosiy menyusiga quyidagilar kiradi: Kompas_3d_V12 tizimi interfeysining birinchi satrida
sarlavha satri joylashgan, bu
yerda muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi. Kompasda fayl kengaytmasi “cdw” bilan
belgilanadi.
Kompas_3d_V12 tizimi interfeysining ikkinchi satrida iyerarxik menyu satri joylashgan. U
quyidagi bo‟limlardan tashkil topgan:
“Файл” – fayllar bilan ishlash menyusi;
“Редактировать” – Windows stolidagi grafik maydon qismlarini taxrir qilish
menyusi;
“Выделить” - turli shakldagi chizmalarni va kerakli qismlarni belgilab olish
buyruqlarni bajaradi;
“Вид” – Ekran ko‟rsatgichlarini boshqarishda kerakli asboblar paneli va boshqa
buyruqlarni o‟rnatadi;
“Вставка” – ilovadagi va tashqi obektlarni bloklarga qo‟yishni ta‟minlash;
“Инструменты” – ekranda foydalanishda tizimlarni boshqarish buyruqlari
menyusi. Ular yordamida muloqot darchasidan foydalanib, chizma ko‟rsatgichini
o‟rnatish kabi buyruqlar bajariladi;
“Спецификация” – standart ramkaga kerakli bo`lgan ma`lumotlarni kiritish.
“Сервис” – servis xizmati ko‟satish;
“Окно” - bir vaqtda foydalanishda bo‟lgan axborotlarni fayldan faylga o‟tib ularni
ochadi;
“Справка” – AutoCAD 2004 dasturi haqida yangi foydalanuvchilar uchun to‟liq
ma‟lumot berilgan.
“Библотеки” – kompas kutubxonasidan kerakli ma`lumotlar olinadi.
10.3. Standart asboblar paneli. Standart asboblar paneli asosiy menyu ostida joylashgan. Asboblarning standart panelida
ko‟p ishlatiladigan menyu buyruqlarining chaqirish uchun maxsus tugmachlar joylashtirilgan.
“Создать” - yangi list ochish buyrug‟ tugmasi;
“Открыть (Ctrl+O)” – mavjud faylni ochish buyrug‟i;
“Сохранить (Ctrl+S)” - faylni hotirada saqlash buyrug‟i;
“Печать (Ctrl+P)” – chizmani qog‟ozga chiqarish tugmasi;
“Предвартельный просмотр” – chizmani ekranda ko`rish.
“Загрузить задание на печать” - chizmani chop qilishga tayyorlash;
“Вырезать (Ctrl+X)”- chizmadan belgilab olinganlarni – elementlarni buferga kesib
olish;
“Копировать (Ctrl+Insert)”- tanlab olingan elementlarni buferga nusxasini olish;
“Вставить (Shift+Insert)”- buferdagi nusxani belgilangan o‟ringa qo‟yish;
“Копировать свойства”- ob‟ekt haqidagi ma‟lumotlarni inobatga olish;
“Свойства (Ctrl+1)”- xossalar;
“Отменить действие (Ctrl+Z)”- oxirgi amalni bekor qilish;
“Повторить действие(Ctrl+Y)”- oxirgi bekor qilingan amalni qayta tiklash;;
“Менеджер библотека”- kutubxonadan ma`lumotlarni olish;
“Менеджер документа”- ma`lumotlarni xususiyatlarini o`zgartirish;
“Переменные” – kerakli buyruqlar panelini ko`rsatish yoki olib tashlash.