5.2 - jadval
Uzluksiz neytrallashni texnologik rejimlari
Neytrallanadigan
yog‘
Kislota soni,
mg KOH/g
Ishqor eritmasi
konsentratsiyasi,
g/l
Ishqorning ortiqcha
miqdori, % da
nazariy
hisoblanganga
nisbatan
Kungaboqar, soya
2 gacha
70-90
10-20
Kungaboqar, soya
2-5
100-130
10-20
Kungaboqar, soya
5-10
150 gacha
5-10
Kungaboqar, soya
10 dan yuqori 150-170
10-30
61
Salomas
1 gacha
40-70
5-10
Barcha och rangli yog‘larni neytrallashni imkoniyati borligi, bosim ostida ishlovchi
separatorlardan foydalanish, yog‘ bilan ishqor orasidagi kontaktni qisqaligi,
jarayonni avtomatlashtirilganligi, soapstokni yog‘liligi maqsadga muvofiqligi bu
usulni afzalliklari hisoblanadi.
Bu usul yog‘ yuzasida neytralizatsiya qilishga asoslangan. Buning uchun yog‘
dispers holatda ishqor-suv eritmasida tarqaladi va zichliklar farqi hisobiga yuqoriga
ko‘tariladi. Erkin yog‘ kislotalari yog‘ tomchilari yuzasiga diffuziyalanadi va ishqor
bilan reaksiyaga kirishib neytralanadi, sovun ishqor eritmasida eriydi. Bu jarayon
yog‘ harakati-ning xamma yo‘lida sodir bo‘ladi. Yog‘, erkin yog‘ kislotalaridan
ozod bo‘lgach, yuqoriga chiqib to‘planadi. Ishqor konsentratsiyasi 12-20 g/l, yog‘
va sovun ishqor eritmasining harorati 70-95
0
C, sovun ishqor eritmasidagi sovun
konsentratsiyasi 8-12 % erkin ishqor konsentratsiyasi 1-5 g/l bo‘lganda yaxshi
natijalar olish mumkin.
O’simlik moylarini uzluksiz usulda rafinatsiyalash texnologik sxemasi 5.3-
rasmda keltirilgan.
Sexga kelayotgan rafinatsiya qilinmagan soya moyi avtomat tarozilar (1) orqali
baklarga (2) kelib tushadi. U yerda nasos (3) bilan issiqlik almashinish apparatiga (4)
yuboriladi: Issiqlik almashinish apparatida (4) suv bilan 25-30
0
Cgacha sovutiladi.
Sovutilgan yog’ reaktor-turbulizatorga (9) keladi.
Konsentrlangan ishqor eritmasi bak(5)dan nasos (6) bilan filtr orqali bak(7)ga
yuboriladi, bu bakka suv ham yuboriladi. Nasos-dozator(8) bilan namokobli
sovitgich(27) orqali ishqor eritmasi reaktor-turbulizatorga (9) beriladi.
|