130
Salomasning ishqorsiz rafinatsiyasi
Rafinatsiyalanmagan ozuqaviy salomas rafinatsiyaga kislota soni 1 ml KOH
dan yuqori bo’lmagan holda beriladi, namligi va uchuvchan moddalar miqdori 0,2%,
nikel esa 10 mg/kg dan oshmasligi kerak. Jarayon 2 bosqichdan iborat bo’ladi.
1.
Yog’ni tayyorlash
2.
Yog’ kislotalari va hid beruvchi moddalarni distillyasiyalab haydash
Birinchi bosqich quyidagilarnio’z ichiga oladi: nikel va nikelli sovun
ko’rinishidagi salomasda erimaydigan limonnokislыy nikel holida yo’qotish uchun
limon
kislotasi bilan ishlov berish; limonnokislыy nikelning asosiy miqdorini
yo’qotish uchun kondensat bilan yuvish; fazalarni separatorlarda ajratish; quritish;
nikel qoldiqlari, nikelli sovun, yog’ kislotalarini adsorbsiya usuli bilan tozalash.
Salomasga limon kislota bilan ishlov berilganda temperatura 90
0
C,
kislota
konsentrasiyasi 5-15% sarf 25-50 g/t. Oqlash jarayonida adsorbent miqdori 0,4-
0,5% (yog’ massasiga nisbatan) bo’lishi kerak.
Ikkinchi
bosqich.
Ozuqaviy
salomas
dezodorasiyasi
uzluksiz
dezodorasiyalash uskunalarida olib boriladi. Bunda kislotalarini ushlab qolish uchun
yordamchi qurilma o’rnatilgan bo’lishi kerak.
O’simlik moylari va yog’larni dezodoratsiyalashning texnologik sxemasi 9.1-
rasmda keltirilgan.
Sexga kelayotgan o’simlik moyi yig’gich(1)ga yig’iladi. Nasos(2) orqali tayyor
moy realizasiyaga yoki boshqa maqsadlarda qo’llash uchun yuboriladi.