17
Qo’y yog’ini to’yinmagan yog’ kislotalari tarkibida
elaidin kislotasi hisobida
11%gacha trans kislotalari bo’ladi.
Mol yog’i
honaki hayvonlar oilasiga mansub qoramol hom yog’larini eritib
olinadi va mol yog’i qoramol organizmining qaysi qismidan olinganiga qarab xar xil
bo’ladi.
Mol yog’ida umumiy yog’ kislotalar miqdoriga nisbatan 5-10% elaidin
kislotasi hisobida trans kislotalar mavjud.
Mol va boshqa hayvon yog’larida (cho’chqa yog’idan tashqari) o’simlik
moylariga xos bo’lgan yog’ kislotalarning “normal” taqsimlanishi kuzatiladi.
To’yingan yog’ kislotalari (S
16
-S
18
) asosan triasilgliserin (TAG)da
birinchi va
uchunchi holatda mavjud bo’lib, uglerod soni 16dan kichik bo’lgan to’yinmagan
yog’ kislotalari ikkinchi holatda joylashgan bo’ladi.
Suyak yog’i
turli xil hayvonlarning asosan qo’y, mol va cho’chqalarning
suyaklaridan ajratib olinadi.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha hayvon yog’lari, hamda go’shtni qayta ishlash
korxonalaridan yig’ib olingan har xil tarkibdagi yog’lar ko’proq texnik maqsadlarda,
asosan sovun ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: