171
yuzasidagi yupqa moy qatlamida sodir bo’lganda, ya’ni bu yog’larni turg’un
katalizatorlarda yoki suspenziyalangan katalizatorlarda
jadal aralashtirish bilan
gidrogenlaganda, amalga oshadi.
Agar yog’larni gidrogenlash diffuzion sohada borsa, reaksiya tezligi harorat
ortganda ma’lum darajagacha oshadi va haroratning
keyingi ortishi reaksiya
tezligiga ta’sir etmaydi. Kinetik sohada esa reaksiya tezligining harorat ortishi bilan
oshishi Arrenius tenglamasiga muvofiq boradi.
Vodorod bosimi gidrogenizatning miqdor va sifat ko’rsatkichlariga sezilarli
ta’sir ko’rsatadi. Xom ashyoni berish tezligi yuqori bo’lgan holatda to’yinish tezligi
vodorod bosimiga to’g’ri proporsional bo’ladi, kichik bo’lganda esa – vodorod
bosimining kvadrat ildiziga teng bo’ladi.
Aralashtirish jadalligining gidrogenizat sifat ko’rsatkichlariga ta’siri bo’yicha
ko’plab qarama-qarshi mulohazalar bayon etilgan.
Xuddi shunday xulosalarni
o’simlik moylarini gidrogenlash tezligiga katalizator miqdorining ta’siri haqida ham
aytish mumkin. Biroq, moylarni kolonnali qurilmalarda, turg’un katalizatorlarda
gidrogenlaganda bu ko’rsatkich amalda o’zgarmay qoladi. Yog’ va moylarni
gidrogenlash jarayonini imkon qadar qisqa vaqt oralig’ida
olib borish maqsadga
muvofiq deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: