Katalitik modifikasiyalash


Qizilgurdagi nikel’ tipidagi katalizator



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Qizilgurdagi nikel’ tipidagi katalizator. 
Ozuqaviy salomasni olish uchun yog’larni gidrogenlashda, asosiy katalizator 
bo’lib, qizilgur yuzasiga cho’ktirilgan kukunsimon nikel’ hisoblanadi. Bu 
katalizatorni ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi. 
Zarrachalarini o’lchami 5*10
-5
m (50mkm)gacha maydalangan, qizilgurdan 
8-12% solib suspenziyalangan, 5-8%li nikel’-sul’fatni suvli eritmasini tayyorlash; 
10-20%li sodani suvli eritmasi bilan 20-30% ortiqcha olib nikel’ karbonatni 
qizilgur yuzasiga cho’ktirish va cho’kmani yuvish, quritish, hamda maydalash
Nikel’ – karbonatni 250-300º C da nikel’ oksidigacha parchalash va nikel’ 
oksidini 400-450 ºC da metall nikelgacha vodorod bilan qaytarish (vosstanovleniye) 
Nikel’ – mis katalizatorlari. 
Yog’larni gidrogenlashda ishlatiladigan nikel’ – mis katalizatorlari 2 xil usul 
bilan olinadi. Nikel’ – mis karbonatlarini soda bilan birgalikda chuktirish yoki nekil’ 
– mis karbonatlarining mexanik aralashmasini ammiakning suvli eritmasi bilan 
qayta ishlash yo’li bilan. 


200 
Nikel’mis katalizatorlarini birgalikda chuktirilgan asosiy karbonatlarini olish 
uchun nikel’ va mis sul’fatning 3:1 nisbatda suvli eritmasi tayyoorlanadi. 40 – 80 

C da unga 10 % li soda eritmasi 20 – 30 % ortig’i bilan solinadi. Zaruriyat 
tug’ilganda shu eritmaga eltuvchi (yoyuvchi)lar – kizilgur, perling, aktivlangan 
kumir solinadi. Chuktirish yakunida chukma filtrlanadi va soda va sulfat 
qoldiklaridan yuviladi. Sung chukma 120 º C haroratda quritiladi va maydalanadi. 
Cho’ktirilgan karbonatning tarkibi cho’ktirish va so’nggi quritish sharoitiga 
bog’liq. Qayta tiklanmagan cho’ktirilgan katalizatorlarning komponentlari bo’lib, 
metallarning karbonatlari aralashmasi hisoblanadi. 
Masalan, 2:1 nisbatdagi nikel’ – mis karbonatining struktura formulasi 
qo’yidagicha ifodalanishi mumkin. 

O = C

Cu 

O=C

NiOH 
Agar chuktirish jarayonida yoyuvchi ishtirok etsa qayta tiklanmagan 
katalizator tarkibida yoyuvchidan tashqari nikel’ – mis silikatlari bo’ladi. 
Bundan tashqari unda har doim nikel’ va mis sul’fatlarning oz miqdori qoladi. 
Agar sul’fatning qoldiq miqdori 1% dan oshib ketsa katalizatorning faolligi tezda 
pasayadi. 
Keyingi vaqtlarda olimlar gidrogenlash katalizatorlarning xossalarini, ayniqsa 
ularning aktivligini oshirish ustida ko’pgina tekshirishlar olib bordilar. 
Metall qotishmalaridan tayyorlangan katalizatorlar yuqori darajadagi aktivligi 
bilan ajralib turadi. Bunday katalizatorlar skelet holatidagi katalizatorlar deyilib, 
ularni tayyorlash usuli birinchi marta Reyen tomonidan 1924-1925 yillarda ishlab 
chiqilgan. Bu olim katalitik aktiv bo’lgan nikel, kobalt kabi metallarning alyuminiy 


201 
yoki kremniy bilan qotishmasini tayyorlab, so’ngra oxirgi elementlarni ishqorlar 
ta’sirida batamom yo’qotib, skelet holatidagi katalizatorlar rayyorlashni taklif etdi.

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin