31
hosil boʻlguncha kondensatsiya qilinadi. Natijada yaxlit bir katta jism ultradispers
kukun holatiga aylanadi. Huddi shunga oʻxshash jarayon nanozarrachalarni ion
eritmalaridan olinayotganda yuz beradi, faqat bunga bugʻ emas,
suyuqlik
ishlatiladi.
Monokristallni eriguncha va bugʻga aylanguncha isitamiz va soʻngra bugʻni
tezda sovutamiz. Sovush paytida nanozarrachalar paydo boʻla boshlaydi (biror-bir
yuzada), va parallel ravishda ularning kattaligi osha boradi. Shu bilan birga
nanozarrachalar tartibli oʻrnashishni va nanoagregatlarga birlashishni boshlaydilar.
Agar bunday sistemani oʻz-oʻziga qoʻyib qoʻyilsa, nanoagregatlarga birlashgan
nanozarrachalar oʻrtasidagi chegaralar yoʻqoladi va ular birlashib mikrokristallarga
aylanadilar. Agar mikrokristallar bugʻda
uzoq vaqt ushlab turilsa, ularning eng
kichiklari va nuqsoni (defekti) borlari yana bugʻlanib ketadilar.
Monokristall bugʻga aylanib anchagina nanozarrachalar yigʻilgandan boshlab
toki ularning kattaligi 100 nm ga yetguncha ketgan vaqt ichida sistema
nomuvozanat holatda boʻladi. Vaqti kelib nanozarrachalar paydo boʻlishi toʻxtasa,
demak sistema muvozanat holatga oʻtgan boʻladi. Ana endi agar hosil boʻlgan
nanozarrachalarni bir-biridan izolyatsiya qilinmasa (yoki bir-biriga qoʻshilib
ketishining oldini olinmasa yoki koatservatsiya qilinmasa) paydo boʻlgan
zarrachalar yana qoʻshilib avvalgi yaxlit jismga aylanishi mumkin.
Biokimyo,
fotokimyo va radiatsion kimyo usullarida sintez olib borilsa nanozarrachalarning
kondensatsiyasi maxsus sharoitda turgan eritmada yuz beradi,
bu sharoit
nanozarrachalarni bir–biriga yopishishdan va eritma bilan reaksiyaga kirishishdan
saqlaydi.
Bir narsaga e‘tibor berish joiz, nanozarrachalarni olishda tashqi manbadan
quvvati katta
energiya oqimi talab qilinadi, bu energiyaning ta‘sirida
nanozarrachalar nomuvozanat (metastabil) holatda tugʻiladi. Lekin, shu vaqtda
energiya oqimini toʻxtatib qoʻysak, sistema muvozanat holatiga intiladi, masalan,
kondensatsion usulni olaylik.
Ma‘nosi boʻyicha, kondensatsiya (lotin tilida condensatio – zichlashish,
quyuqlashish) hodisasi – bu jismning sovush
natijasida gaz holatdan
kondensatlangan (qattiq yoki suyuq) holatga oʻtishini bildiradi. Bunga oddiy misol
32
sifatida deraza oynasi yoki koʻzguga nafas bilan yaqinlashganimizda uning yuzi
«terlab» qolishini keltirishimiz mumkin. Bu «ter» avval koʻzga koʻrinmaydigan
kichik suv tomchilaridan iborat boʻladi. Agar xona temperaturasi ogʻiz
boʻshligʻimizdan chiqayotgan bugʻ (par) temperaturasidan ancha past boʻlsa, u
holda nafas olgan yoki puflagan sari mikrotomchilar oʻzaro birlashib katta (koʻzga
koʻrinadigan) tomchilarni hosil qila boshlaydilar.
Dispergatsion usulda mexanik energiya oqimi toʻxtamas ekan monokristall
boʻlaklari boʻlinaveradi, ularning oʻlchamlari kichiklashaveradi.
Energiya oqimi
toʻxtamas ekan, zarrachalarning koʻp qismi nanometrlar oʻlchamida boʻladi va biz
sistema nanoholatda turibdi, deyishimiz mumkin boʻladi. Endi agar
«hovonchamizni» toʻxtatsak, nanozarrachalar oʻzaro birlashishni boshlaydilar. Bu
jarayon avvalgi yaxlit monokristall paydo boʻlmaguncha davom etadi.
Demak, nanozarrachalarni oʻzaro qoʻshilishining oldini olmasa boʻlmas ekan.
Buning
uchun sistemaga qandaydir
stabilizator
kiritilishi kerak. Odatda u oqsil,
polimer yoki sirt-faol moddalarining molekulyar eritmasi boʻladi (15-rasm).
.
Dostları ilə paylaş: