35
ajralish sathida, kolloid zarrachalarni hosil qilgan ionli qavat
va gidrat parda
stabilizatorlar yordamida saqlanishi kerak; stabilizatorlar
kolloid zarrachalar
sathida yutilib, u yerda elektr zaryadi hosil qiladi. Elektr zaryadi
zarrachalarning oʻzaro
yaqinlashib, bir-biriga qoʻshilishiga yoʻl qoʻymaydi,
barqarorlik yaratadi. Bir soʻz bilan aytganda, dispers
faza zarrachalari hоsil
boʻladigan sistemada, uchinchi kоmpоnent-stabilizatоr mavjud boʻlishi kerak;
dispers faza dispers muhitda yomon eruvchanlikka ega boʻlishi kerak. Demak,
kolloid zarrachalar elektr zaryadli, gidrat pardali va turgʻun boʻlishi, ya‘ni
dispers faza mоddasi dispers muhitda erimasligi kerak.
Ana shunday zarrachalardan tashkil topgan kolloid eritmalar oʻzaro
qarama-
qarshi ikki usul bilan olinadi (16-rasm):
dispersion usul
, bunda kolloid eritmalar yirik zarrachalarni maydalash yoʻli
bilan hosil qilinadi;
kondensatsion usul
, bunda ion yoki molekulalar oʻzaro birlashib,
kolloid
zarrachalar hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: