118
qarab joylashadi. Agar difil mоlekula qutbli va qutbsiz muhitlarga nisbatan bir xil
xususiyatga ega boʻlsa, u hоlda mоlekula fazalar boʻlinish chegarasida jоylashadi.
Ikki suyuqlik chegarasidagi moddalar adsorbsiyasi
xossasidan foydalanib,
farmatsevtika va kimyo sanoatlarida har xil emulsiyalar tayyorlanadi, masalan,
tibbiyot uchun streptotsid, sintomitsin,
oltingugurt, rux oksid va boshqa
emulsiyalar. Qishloq xoʻjaligi uchun insektitsid, gerbitsid va defoliant preparatlari
kabi emulsiyalar tayyorlanadi.
Adsorblangan molekulalardan iborat qavatning hosil boʻlish hodisasi
emulsiyalar olishda va emulsiyalarning barqaror boʻlishida katta ahamiyatga ega.
Emulsiya bir suyuqlikning boshqa bir suyuqlikka tarqalgan va u bilan
aralashmaydigan tomchilaridan iborat. Agar suvga benzol qoʻshib chayqatilsa,
darhol benzolning suvdagi emulsiyasi hosil boʻladi,
bu emulsiya suvga tarqalgan
benzol tomchilaridan iborat. Benzolning suvdagi emulsiyasi barqaror emas, chunki
benzol tomchilari bir-biriga qoʻshilib, yirik tomchilar hosil qiladi va bir muncha
vaqt oʻtgandan keyin suv sirtiga koʻtarilib benzol qavatini hosil qiladi.
Oʻzaro aralashmaydigan bunday ikki suyuqlikka ozgina sirt-faol modda
(masalan, sovun) qoʻshib chayqatilsa, har qaysi tomchi sirtida sirt-faol moddaning
mustahkam adsorbsion qavati hosil boʻladi va bu qavat tomchilarning bir-biri bilan
birlashib, yirik tomchi hosil qilishiga yoʻl bermaydi, chunki har bir tomchi sirtidagi
adsorbsion qavatda sirt-faol modda molekulasining qutbli qismi qutbli suyuqlikka
tomon, qutbsiz qismi esa qutbsiz suyuqlikka tomon qaragan boʻladi.
Emulsiyalarni barqaror qila oladigan sirt-faol modda
emulgator
deyiladi.
Organik kislotalar, sovun, aminlar va boshqa birikmalar emulgatorlardir.
P.Rebinder barcha difil sirt-faol moddalarni
haqiqiy eruvchan sirt-faol
moddalar va kolloid sirt-faol moddalar degan ikki guruhga boʻldi. Birinchisiga
kichik radikalga ega boʻlgan difil eruvchan organik birikmalar (quyi spirtlar,
fenollar, organik kislotalar,
ularning tuzlari, aminlar va h.k.) kiradi. Ular sirt-faol
modda sifatida kam ishlatiladi.
Kolloid sirt-faol moddalar alohida diqqatga sazovordir.
―Sirt-faol moddalar‖
termini ham aynan ana shularga oid. Kolloid sirt-faol moddalarning ajoyib
119
xususiyati shundaki, ular termodinamik jihatdan barqaror kolloid (liofil)
dispers
sistemalar hosil qila oladi. Ularning muhim xarakteristikasi quyidagilardan iborat:
sirt faolligi yuqori;
mitsellalar
hosil
boʻladigan
kritik
konsentratsiyadan
yuqori
konsentratsiyalarga ega boʻlgan liofil-kolloid eritmalar hosil qila oladi;
kolloid sirt-faol moddalarning eritmalarida
solyubilizatsiya
hodisasi
kuzatiladi. Bu hodisaning mohiyati quyidagicha. Agar biror sirt–faol
moddaning yetarli konsentratsiyadagi eritmasiga suvda erimaydigan organik
modda (boʻyoq, geptan, kerosin) solinsa, bu modda kolloid tarzda erib, tiniq
eritma hosil qiladi.
Sirt-faol moddalarning adsorblanish xususiyatini xarakterlashda ularning
amalda qoʻllanilishi uchun ahamiyatga sazovor boʻlgan
kattalik
gidrofil-lipofil
balans
tushunchasi ham kiritilgan (lipofil termini lipos – yogʻ soʻzidan kelib
chiqqan). Sirt-faol moddaning gidrofil-lipofil balans soni modda tarkibidagi qutbli
guruhning gidrofil xossalari bilan uglevodorod radikallarining lipofil xossalari
orasidagi nisbatni xarakterlaydi. Gidrofil-lipofil balans sonini aniqlash uchun sirt-
faol moddalarning mitsellalar hosil qilish xususiyatidan va ularning emulsiyalarni
barqarorlash xossalaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: