Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/119
tarix15.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140905
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   119
turizm iqtisodiyoti va menejmenti UMK

 
 19 – BOB. TURISTIK KORXONALARNI 
 SUG„URTALASH. 
 
19.1.Turistik sug‗urta va uning turlari 
19.2. Turistlar va turistik tashkilotlarni sug‗urtalashning chet el tajribalari. 
 
19.1.Turistik sug„urta va uning turlari 
O‗zbekiston Respublikasi "Turizm to‗g‗risida"gi qonunining 20-
moddasi "Turistlarni sug‗urta qilish",-deb nomlanib, unda: Turistlarni 
sug‗urta qilish majburiydir va u turistik faoliyat subyektlari tomonidan 
sug‗urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo‗lgan tegishli sug‗urta 
tashkilotlari bilan tuziladigan bitimlar asosida amalga oshiriladi deyiladi.
Biror joyga yoki mamlakatga qatnovchi turist mahalliy aholiga qaraganda 
ko‗proq noqulay omillarga duch keladi. Shuning uchun avvalambor 
turistning 
sog‗ligi 
sug‗urtalanadi. 
Keyin 
esa 
mol-mulki 
sug‗urtalanadi.Turistning bir kunlik turistik sug‗urtasi o‗rtacha bir yarim 
dollorga to‗g‗ri keladi. Endi dunyodagi turistlar soni yarim milliard bo‗lib, 
sayohat 5-7 kun davom etsa, turizmning sug‗urtalash sohasida 
aylanayotgan mablag‗ hajmini baxolash qiyin emas. Turizm rivojlangan 
mamlakatlarda maxsus tezkor xizmat guruhlari tashkil etilgan bo‗lib, 
turistga biror korhol bo‗lsa u telefon orqali o‗zining shaxsiy nomerini 
aytadi va unga zarur bo‗lgan yordam ko‗rsatiladi.
Turizm statistikasiga qaraganda, sug‗urta to‗lash holati har bir 100 ta 
turistning bittasiga to‗g‗ri keladi. Shu o‗rinda ta‘kidlab o‗tish kerakki,
turistlar bilan ro‗y bergan har qanday holatlar sug‗urta kompaniyasi 
tomonidan tan olinmaydi va unga sug‗urta puli berilmaydi. Hozirgi vaqtda 
turizm sohasida sug‗urta tizimi 10 dan ortiq sug‗urta xizmatini taklif etadi. 
2.
Respublikamizda turistlarni shaxsiy sug‗urta qilish - sug‗urta 
qilishning maxsus ko‗rinishi bo‗lib, turistlarning mulkiy manfaatini u 
turistik safarda, sayohatda bo‗lganda himoya qiladi. Umuman olganda 
turistlarni shaxsiy sug‗urta qilish, sug‗urtalashning xavfli bir turi bo‗lib, 
uning asosiy xususiyati (ahamiyati) qisqa muddatliligi shuningdek sug‗urta 
holatida sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan katta darajadagi zararlardadir. 


198 
Asosan turistlarni shaxsiy sug‗urta qilish hodisalariga baxtsiz voqealardan 
sug‗urtalash, kasalliklardan sug‗urtalash, o‗lim yoki qurbon bo‗lish 
hodisalari kiradi. Agarda Germaniya, Fransiya, Amerika va boshqa 
davlatga safarga chiqish oldidan bu borada so‗raladigan bo‗lsa, u 
allaqachon sug‗urta muassasasiga murojaat qilib, bunga erishganini bilib 
olish mumkin. Shaxsiy sug‗urta qilish turizmda alohida o‗rin tutadi, garchi 
sug‗urta qilish holatlari turlari juda kengdir. Sug‗urta 
badali 
(sug‗urta 
to‗lovi) ko‗rsatiladigan xizmatning murakkabligiga, turiga, turist o‗zi 
uchun xoxlagan sug‗urta qoplamining miqdoriga, turist yo‗l olgan 
mamlakat holatiga bog‗liqdir
67
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin