20.1 Turistik korxonalarning turmahsulotlarni sotishdagi asosiy hamkorlik munosabatlari. Mahsulot o‗tkazish tarmoqlari va kichik turistik firmalarning qayta
tashkil topishidan bozor tomon ilk qadamlari chakana va kichik savdo
firmalari bilan hamkorlik qilishdan boshlanadi. Bunda ularning sotuvdagi
spetsializatsiya hisobi kerak, u turistik mahsulotning turoperator tomonidan
taklif qilingan shakliga mos tushishi kerak. Xorij bozorga kiruvchi firma
strategiyasida xorijiy hamkorlarning hududiy joylashuviga e‘tibor berish
kerak, u sotuvda muhim o‗rin egallaydi. Mahsulot o‗tkazish bo‗yicha
hamkor tanlashda 3 ta shartga e‘tibor berish kerak; huquqqa egaligi,
kreditga egaligi va hamkorlik imkoniyati.
Huquq imkoniyati - bu firmaning turistik hizmat ko‗rsatishga
huquqiy asosi borligi. Huquqiy milliy qonunchilik tomondan belgilanadi
va ko‗pgina davlatlarda turli yuridik shakllar bilan belgilanadi (masalan,
litsensiya, patent, savdo registridagi registratsiya). Bu kabi hujjatga ega
bo‗lmagan yuridik shaxs turistik firma hisoblanmaydi. Shuning uchun
turistik firmaning huquqiy qobiliyatlilik saviyasi u bilan hamkorlikda
e‘tibor berilishi kerak bo‗lgan muhim soha bo‗lishi kerak. Firmaning
huquqiy holati haqida litsenziya yoki patentning nusxasi, savdo registridagi
ruxsat yoki rasmiy tashkilotlarning sertifikatlari guvoh berishi mumkin.
Firmaning huquqiy holati haqida uning milliy yoki tashqi turistik
assotsiatsiya yoki tashkilotga a‘zoligi ham guvoh beradi. Ma‘lumki, bu
tashkilotlarga faqat turistik faoliyatga ega bo‗lgan firmalar kiradi. Bu
milliy assotsiatsiyalar o‗z shartlariga ko‗ra o‗z a‘zolari ustidan ruhiy va
201
moddiy ma‘suliyatga ega va ularning qonunga rioya qilishlari jiddiy
nazorat qilinadi. Huquqiy imkoniyatini o‗rganayotganimizda, turfirmaning
transport kompaniyasi bilan shartnomaga egaligini ham nazarda tutish
kerak.