49
- qo‗shimcha turistik ekskursion xizmatlar.
Tur – turistik mahsulotning dastlabki birligi (tovar shakli). U
mijozini turoperator tomonidan ma‘lum yo‗nalish va aniq muddatlarda
sotiladigan yagona birlikdir. Tur deganda sayyohatning bosh maqsadi
bazasida birlashtirilgan turli xil xizmatlar kompleksi tushuniladi.
Tovarlar – turistik mahsulotning o‗ziga xos qismidir. U o‗z
ichiga
turistik rejalar va shaharlar xaritalari, otkritkalar, bukletlar suvinirlar,
turistik anjomlar va o‗ziga xos bo‗lmagan turistik mahsulotlar moddiy
qismini oladi. Ularga taqchil bo‗lgan ko‗p
sonli tovarlar yoki
turistlarning doimiy yashash joylarida qimmat bo‗lgan tovarlar kiradi.
Qo‗shimcha turistik – ekskursion xizmatlar, ularga ijara, telefon,
maishiy xizmat ko‗rsatish, pochta, valyuta almashtirish, qo‗shimcha
ovqatlanish, ijtimoiy transport,
buyumlarni taxlash, chiptalarni xarid
qilish, xordiq chiqarish, joylarni rezervlashtirish, tijorat televideniesi,
video, mini – barlardan foydalanish va hokazolar.
Ushbu xizmatlar
turistlar tomonidan qo‗shimcha haq to‗lash evaziga xarid qilinadi.
Inklyuziv turlar bo‗yicha evropa mamlakatlariga turistik mahsulot
qiymati strukturasi taqdim etiladi.
TMR(100%)=T(30%)+Tt(30%)+QXT(40%)
Bu erda: TPR – turistik mahsulot qiymati;
T – tur qiymati;
Tt – xarid qilingan tovarlar qiymati;
QXT – qo‗shimcha xizmatlar qiymati.
Ushbu strukturadan ko‗rinib turibdiki, turoperator turmahsulot
qiymatining 1/3 dan kam qismini oladi. Katta mablag‗larni turistlar
mahalliy
turistik industriya joyida, turoperator xizmatlarini chetlab
o‗tgan holda sarflaydilar. Turistlar harakatlarining asosiy qismi savdo
orqali mahalliy byudjetda kelib tushadi.
Dostları ilə paylaş: