76
mijozga tasdiq javobini olish vaqtini qisqartiradi(umuman olganda online 7
soniya vaqtni olishi kerak,bizning mamlakatimizda kam uchraydi).
Mehmonxona ABT va Inteonet bron tizimini birlashib, mehmonxona
va agent erkin axborot almashishi imkoniyatiga ega bo‗ladilar(bo‗sh nomer
fondi, nomer kategoriyalari, xizmatlar, tariflar,
mehmonlar uchun maxsus
dasturlar...)
Bu tizimda bron quyidagicha amalga oshadi: Mijoz Internet bron
tizimining WEB-saytiga kiradi va bron qilish qoidalari bilan
tanishadi.So‗ngra mehmonxonani tanlaydi.Bo‗sh nomer mavjudligiga
ishonch hosil qilgach, zaruriy axborot maydonchalarini to‗ldiradi, ye-mail
orqali buyurtmani tizimga jo‗natadi.
tizim buyurtmani avtomatik tarzda saralaydi va oldindan to‗lov
shartlari bilan oldindin tasdiq jo‗natadi, mijoz esa kutish varag‗iga
kiritiladi.Mijozdan kerakli olinganidan so‗ng(oldindan to‗lov,
kafolat
xati),mijoz agentdan so‗nggi bron tasdig‗ini oladi.oxirga tasdiq nusxasi
mehmonxonaga jo‗natiladi.Bu yerda bron bandlik(zagruzka) grafasida
keyinchalik avtomatik o‗zgarishlar bilan kiritiladi.agar mehmonxona
o‗zining saytiga ega bo‗lsa, tushayotgan arizalarga mehmonxonaning o‗z
rezerv xizmati javob beradi.
Mijozdan kerakli kafolatlar olinganidan so‗ng mijoz mehmonxonadan
bron haqida tasdiq oladi. Bron bandlik grafasida
nomer fondi statusining
avtomatik o‗zgarishi bilan kiritiladi.
Internet uydan chiqmasdan, vositachilarsiz, mehmonxona haqida
axborot olish, nomerlarning jihozlanganligini ko‗rish imkonini beradi.
Telefon yoki kompyuter orqali bronda rezerv qilishning kutilmaganda
to‗xtab
qolish xavfi mavjud, bunday paytda mijoz tasdiq ololmaydi,
mehmonxonaga kelganida esa, bo‗sh nomer bo‗lmasligi mumkin.
Arizalar bo‗yicha bron bo‗limi kelgusida mehmonxonaning to‗lishi
rejasini tuzishi mumkin(oylik, kunlik, yillik).
Kichik mehmonxonalarda online bronlash texnikasi qo‗llaniladi.
Bunday bronlash jadvallar yordamida amalga oshiriladi. quyida keltirilgan
shakl bronlash jadvallarining eng soddasidir (5.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: