83
Ayollar 3468 nafarni tashkil qilib, xodimlarning 47 % ini tashkil etadi.
Lavozim toifalari bo‗yicha taxlil qiladigan bo‗lsak, 1649 nafari mehmonxona
ma‘murlari, 694 nafari menejerlar, 2006 nafari mehmonxona shveysari va
oqsochlar va 937 nafari restorat va bar xodimlarini tashkil etadi. 2 jadvalda
mehmonxona va shunga o‗xshash joylashtirish vositalari xodimlari sonini
xududlar kesimida ko‗rish mumkin.
Yangi boshqaruv taffakuri xizmatlarni ishlab chiqarishning barcha tehnologik
zanjirlarida sifatni umumiy nazorat qilinishini ko‘zda tutadi.
Mehmonxonani boshqarish strukturasi boshqaruv organlari tarkibi, ularning
ihtisoslashtirilish tavsifi orqali aniqlanadi. Rasmiy ravishda u ustav bilan biriktiriladi
va hujjat sifatida mahsus nizom tariqasida rasmiylashtiriladi. Boshqaruv
strukturasining uch asosiy xili farqlanadi. Ular: chiziqli, chiziqli - shtabli va ko‘p
chiziqli (ko‘p funkstiyali)
34
.
Chiziqli boshqaruv – yakka boshqaruvni ko‘zda tutuvchi
oddiylashtirilgan
tizimdir. U odatda qishloq joylaridagi nomer fondi kam bo‘lgan
mehmonxonalarda joriy qilingan.
Funkstional boshqaruv – yirik mehmonxonalar va mehmonxona
komplekslarida foydalaniladi.
Matristali boshqaruv funkstionaldan faqat boshqaruv obyektlari bilan
farq qiladi. U bir qator korpuslarga ega bo‘lgan mehmonxonalarga
tavsiflidir.
Xulosa qilib aytganda, menejmentning asosiy tamoyillarini ajratish
muhimdir. Ularni bilmasdan turib, samarali boqaruvni kutish mumkin
bo‘lmaydi.
Samarali menejment – bu boshqaruvning professional tajribasini
egallashning to‘xtovsiz jarayonidir. Menejer faoliyati o‘z ichiga nafaqat
boshqaruvni, balki o‘z kasbiy mahoratini, ishchanlik jihatlari darajasini
oshirishlarni ham oladi.
Menejment – bu iqtisodiyotning bozor mehanizmlari ta‘sirida
shakllanadigan boshqaruv tizimidir.
1.
Zamonaviy boshqaruvning ichki jarayonlarida asosiy e‘tibor
maqsadlarga qaratiladi. U boshqaruvning istiqbolliligini va davomiyligini
34
Dostları ilə paylaş: