88
ma‘lumotlariga qaraganda Karib havzasi davlatlarining turizm sohasidagi
importi umumiy importning 50% tashkil etadi. Xalqaro turizmdan
kelayotgan tushum ega, dunyo eksportidan kelayotgan tushumning 9% ini
tashkil etadi.
Xalqaro turizm davlatning to‗lov balansiga qo‗shgan ulushi chet
ellik turistlarning mezbon davlatdagi xarajatlari va mezbon turistlarning
xorijda qilgan xarajatlari o‗rtasidagi farq bilan aniqlanadi. Bundan
quyidagicha xulosalarni keltirish mumkin:
37
-xalqaro savdo xalqaro ish taqsimoti mahsulidir;
-xalqaro turizm sohasida strategik hamkorlarni tanlash davlatlar
o‗rtasidagi ijtimoiy-madaniy aloqalarning rivojlanishi, ya‘ni
turizmning rivojlanishiga asos yaratadi;
-ichki talab xalqaro turizm rivojlanishiga sharoit yaratib berganligi
tufayli uning rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi;
-barcha xalqaro munosabatlar davlatning to‗lov balansida o‗z aksini
topadi;
-xalqaro
turizm
xizmatlarining
almashinuvi
mahsulotlar
ayirboshlash kabi xalqaro savdoning bir qismi bo‗lib, u davlatning
eksporti va importiga ta‘sir ko‗rsatadi;
-xalqaro turizmning davlatning to‗lov balansiga qo‗shgan ulushi
xorijiy turistlarning mezbon davlatdagi xarajatlari va mezbon davlat
turistlarining chet elda qilgan xarajatlari o‗rtasidagi farq bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: