Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti


Yevropa xalqaro savdo tashkilotlarining turizmdagi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/119
tarix15.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140905
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119
turizm iqtisodiyoti va menejmenti UMK

 
8.3. Yevropa xalqaro savdo tashkilotlarining turizmdagi 
ahamiyati 
Keyingi yillarda xalqaro tashkilotlarning soni tez kupaya boshladi
biroq bu asosan ikki qarama-qarshi tizim doirasida yuz berdi. Bu 
tizimlarning har biri a‘zo davlatlarning siyosiy, iqtisodiy faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarga ega edi. Turli mamlakatlarni yagona 
jahon hamjamiyatiga birlashishi jarayoniga xalaqit beruvchi siyosiy va 
mafkuraviy to‗siqlar yo‗qolishi bilan ko‗plab xalqaro tashkilotlarning 
faoliyat sohasi ancha kengaydi va bunda energiya, xomashyo, oziq-ovqat, 
37
Икромов М.Иқтисодиѐт ва менежмент асослари : ўқув қўлланма / Икромов М., Солиев А. 
С.. - Тошкент : Vneshinvestprom, 2019
. - 280 б


89 
ekologiya muammolari bilan bir qatorda, iqtisodiy va ijtimoiy 
masalalarga katta e‘tibor berila boshladi. 
Davlatlar guruhlarining hududiy belgisi bo‗yicha yoki iqtisodiy 
faoliyatning ma‘lum sohalaridan manfaatdorlikning umumiyligi asosida 
birlashtiruvchi tashkilotlar yuzaga keldi. Bu belgilarga ko‗ra barcha 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga 
ajratish mumkin: 
I. Umumiy huquq doirasi keng bo‗lgan, shuningdek iqtisodiy 
masalalar bilan shugullanuvchi tashkilotlar. Masalan, BMT, Arab 
davlatlari ittifoqi, Afrika Birdamlik tashkiloti, Amerika davlatlari 
tashkiloti va boshqalar. 
II. Umumiqtisodiy muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar. Bu tashkilotlar 
iqtisodiy hamkorlikning barcha asosiy yo‗nalishlari bo‗yicha a‘zo 
davlatlar siyosatini nazorat qiladi. Masalan, Iqtisodiy hamkorlik va 
taraqqiyot tashkiloti (IHTT). 
III. Iqtisodiy birlashgan tashkilotlar. Bu tashkilotlarning maqsadi 
a‘zo mamlakatlar doirasida mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchi 
harakati yo‗lidagi barcha chegaralarni bosqichma-bosqich yo‗qotish 
hamda yagona iqtisodiy siyosatga asoslangan umumiy iqtisodiy makonni 
yaratishdan iborat. 
Ixtisoslashgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar. 
1. Savdo sohasidagi, shu jumladan umumiy xarakterdagi 
tashkilotlar: savdo va tariflar bo‗yicha Bosh bitim (GATT)-1995 yildan 
boshlab Umumjahon savdo tashkiloti (UST), savdo va taraqqiyot 
bo‗yicha BMT Anjumani (YuNKTAD), shuningdek tabiiy kauchuk 
bo‗yicha, kakao bo‗yicha ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar, neft eksport 
qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK), mis eksport qiluvchi 
mamlakatlar Hukumatlararo kengashi va boshqalar. Bu tashkilotlar 
xalqaro savdoning rivojlanishiga yordam beradi va jahon bozorida 
xomashyo mahsulotlarining muhim turlari aylanishini tartibga soladi. 
2. Sanoat, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi, energetika, transport 
va aloqa hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari sohasidagi tashkilotlar. 
Bu tashkilotlarning faoliyati a‘zo mamlakatlar milliy xo‗jaligi muhim 
sohalari rivojlanishini rag‗batlantirish va nazorat qilishga, uning yirik 


90 
masalalarini hal etishga qaratilgan. Masalan, Sanoat rivojlanishi bo‗yicha 
tashkilot (YuNIDO), BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi bo‗yicha 
tashkiloti (FAO), Ta‘lim, fan va madaniyat masalalari bo‗yicha BMT 
tashkiloti (YuNESKO) va boshqalar. 
3. Valyuta-moliya, shuningdek, sarmoyalarni himoyalash sohasidagi 
tashkilotlar. Masalan, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Umumjahon banki 
(UB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB). Xalqaro hisob-
kitoblar banki (XHB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB va boshqalar. 
4. Iqtisodiy xarakterdagi faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa 
tashkilotlar. Masalan, intellektual mulkni himoya qilish umumjahon 
tashkiloti, standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tashkilot va boshqalar. 
Ba‘zi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar o‗z faoliyatida muxtor, mustaqil 
hisoblangan hukumatlararo tashkilotlardir (IHTT, YeH, YeTTB, XHB va 
boshqalar), biroq ulardan ko‗pchiligi BMTning ixtisoslashgan 
muassasalaridir. 
BMTning 
asosiy 
tashkiloti 
Bosh 
Assambleya 
hisoblanadi. U BMT ga a‘zo barcha davlatlardan tashkil topgan. Ular 
BMT Nizomi doirasida barcha harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
ekologik, huquqiy masalalarni muhokama qilish huquqiga egadirlar. Bosh 
Assambleya bilan bir qatorda va uning boshchiligida xalqaro iqtisodiy va 
ijtimoiy hamkorlik uchun javobgarlikni BMTning muhim tashkiloti-
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) o‗z zimmasiga oladi. U Bosh 
Assambleya tomonidan saylanadi va tashkilotning 54 mamlakatidan 
iborat. Uning bevosita tashkilotlari quyidagilar:
-sessiya tashkilotlari; 
-funksional tashkilotlar; 
-EKOSOS qo‗mitalari va komissiyalari; 
-ekspertlar tashkilotlari; 
-hududiy komissiyalar: EKE, EKA, ESKATO va boshqalar. 
Bu tashkilotlar barcha iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish masalalari 
bo‗yicha maslahatlar, tavsiyalar beradi, bu masalalarni o‗urganadi, 
kengashga materiallar va hujjatlar tayyorlaydi. 
EKOSOS BMT ning bir qator hukumatlararo muassasalariga 
umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bu muassasalarning har biri xalqaro 


91 
darajada ma‘lum funksional yoki tarmoq muammolarini hal etishga 
javobgardir (XVF, XTTB, XMK, FAO, YuNESKO va boshqalar). 
Bundan tashqari EKOSOSga iqtisodiy masalalar bo‗yicha Bosh 
Assambleya 
tashkilotlari 
(YuNKTAD, 
PROON 
va 
boshqalar), 
shuningdek BMTning turli maqsadli fondlari (YuNISEF va boshqalar) 
ustidan ham nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. 
O‗zbekiston BMTning teng huquqli a‘zosi sifatida uning ko‗plab 
iqtisodiy tashkilotlari faoliyatiga qo‗shilgan (XVF, XTTB, XMK, UST, 
ESKATO va boshqalar). 
Umumiqtisodiy tashkilotlar va iqtisodiy birlashgan tashkilotlar bir 
tomondan, iqtisodiy o‗zaro bog‗liqlikning kuchayishi, ikkinchi tomondan, 
jahon bozoridagi kuchli raqobat davlatlarni o‗z milliy manfaatlari 
doirasini saqlash va kengaytirishga undaydi, maqsadlar birligi asosida 
iqtisodiy guruhlar, tashkilotlar tarkibida davlatlar o‗z harakatlarini 
kelishib oladilar va jahon hamjamiyatidagi mavqelarini birgalikda 
himoya qiladilar, shuningdek, jahon xo‗jalik aloqalarini o‗rnatish tartibi 
va qoidalarini aniqlaydilar. 
Eng yirik umumiqtisodiy tashkilot 24 davlatni yoki deyarli barcha 
rivojlangan kapitalistik mamlakatlarni (Janubiy Afrika Respublikasi va 
Isroildan tashqari) birlashtirgan iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
tashkiloti (IHTT) hisoblanadi. U 1961-yilda ishtirokchi-mamlakatlarning 
yagona itisodiy siyosatini ishlab chiqish va nazorat qilish maqsadida 
tuzilgan Rahbarlikning oliy tashkiloti Kengash hisoblanadi va unga 
barcha ishtirokchi-mamlakatlarning vakillari kiradi. Biroq barcha 
masalalarni ishchi tartibda Ijroiya qo‗mita hal etadi. ―Katta yyettilik‖ 
davlatlari- AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, 
Kanada, Italiya bu qo‗mitaning doimiy a‘zolaridir. Uning qarorlari 
tavsiyaviy xarakterga ega bo‗lsa-da, biroq, mamlakatlar iqtisodiyoti 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning hajmi va ishonchliligini, uning ishlash 
sifatini, shuningdek taqsimlanayotgan zaxiralar miqdorini hisobga olgan 
holda, bu tavsiyalarga munosabat jiddiydir. 
Keyingi yillarda IHTT a‘zo mamlakatlar o‗rtasidagi (Yaponiya va 
AQSh, G‗arbiy Yevropa va AQSh va boshqalar) ba‘zi keskin iqtisodiy 
muammolarni hal qilishga, shuningdek sobiq sosialistik mamlakatlarga 


92 
nisbatan birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirishga ko‗p e`tibor 
bermoqda. IHTT tarkibida bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratayotgan 
sobiq sosialistik mamlakatlarga moliyaviy, texnik yordam ko‗rsatish, 
loyihalarni baholash, maslahat berish va tuzilish siyosatini tahlil etish 
bilan shug‗ullanuvchi Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik 
bo‗yicha markaz tuzilgan. 
O‗ziga a‘zo davlatlar tashqi iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtiruvchi 
IHTT dan farqli ravishda Yevropa Hamjamiyati (EH) yoki ―Umumiy 
bozor‖ ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni birgalikda hal etish maqsadida 
davlatlarning birlashuvini jahon amaliyotidagi birinchi yirik tajribasini 
o‗zida mujassamlashtirgan. G‗arbiy Yevropa mamlakatlarining bu 
birlashgan 
guruhi 
1967-yilda 
uchta 
yirik 
Yevropa 
iqtisodiy 
tashkilotlarining qo‗shilishi natijasida tashkil topdi: 
-1958-yilda tuzilgan va keyinchalik YeHga kirgan 15 mamlakatni 
birlashtirgan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati: 
-Ko‗mir va po‗lat bo‗yicha Yevropa birlashmasi; 
-Atom energetikasi bo‗yicha Yevropa Hamjamiyati. 
YeHga a‘zo mamlakatlarda jahon aholisining 7 % yashab, jahon 
savdosining deyarli 41 % valyuta zaxiralarining 36% dan ortigi to‗g‗ri
keladi. Yevropa Kengashi, Vazirlar Kengashi, YeH Komissiyasi, 
Yevropa parlamenti, YeH sudi, ijtimoiy va Iqtisodiy qo‗mita YeHning 
rahbar tashkilotlari hisoblanadi. Ular milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining 
ichki muammolarini muvofiqlashtiradi, barcha a‘zo mamlakatlar uchun 
yagona tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshiradi, boshqa mamlakatlar va 
xalqaro tashkilotlar bilan shartnoma, bitimlar tuzadi. Jahon bozorida 
YeH, AQSh va tez rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlarining sherigi va 
kuchli raqobatchisi sifatida qatnashadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin