120
Turistik maqsadda havo yo‘llari orqali amalga oshiriladigan
sayohatlar
muntazam, mavsumiy va bir martalik ko‘rinishlarda amalga
oshiriladi. Milliy yoki alohida aviakompaniyalarda turli xil ko‘rinishdagi
imtiyozlar joriy etilgan:
- mavsumiy;
- korporativ;
- bolali yo‘lovchilar uchun;
- guruh;
- yosh oilalar uchun va boshqa.
Ayniqsa JAYA (Butunjahon Aviatsiya yo‘lovchilar assosatsiyasi),
ETZ (Yevropa turizm zanjiri)ning imtiyozli kartlari keng tarqalgan.
Bunday kartlarga ega yo‘lovchilar uchun ba‘zi aviakompaniyalarning
(DELTA, SAS)
aviachiptalari uchun, dunyoning 4000 ta eng yaxshi
mehmonxonalari to‘lovi uchun, ijaraga olingan avtomobil to‘lovi
bo‘yicha (30% gacha), yo‘qolgan chipta hujjatlarini qayta tiklash
bo‘yicha, aeroportlarda VIP xonalaridan foydalanish, sug‗urta va boshqa
imtiyozlar mavjud.
Suv yo‘li bo‘yicha turistlarning sayohati 250, 300 va 400
yo‘lovchiga mo‘ljallangan yuqori komfortga
ega teploxodlarda amalga
oshiriladi. Kayutalar bir o‘rinli, ikki o‘rinli, 3-4 o‘rinli va lavozimga
mo‘ljallangan turlarga ajratilgan. Bunday sinfdagi teploxodlar (barcha)
dam olish va barcha komfort atributlarga ega: kayutalarda qulay yumshoq
mebel, konditsionerlar, muzlatgichlar, mini-barlar, restoran-barlar, sauna,
musiqali salonlar, video-kinozallar mavjud bo‘ladi.
Suvdagi turistik
sayohatlar
va
ekskursiyalar
teploxodlardan
tashqari
daryo
―tramvay‖larida, yaxta, suv osti qayiqlarida, yelkanlarda, katamaranlarda,
qayiqlarda, baydarkalarda va boshqalarda amalga oshiriladi.
Temir yo‘l transportidan turizmda foydalanganda turistik sayohatlar
12 ta yo‘lovchi vagonlardan iborat bo‗ladi, 2-3 vagon restoran, vagon-
klubga ega bo‘lgan maxsus harakat rejimi va yo‘nalishi bo‘yicha
harakatlanuvchi turistik bo‘limlarda amalga oshiriladi. Ko‘pincha chet
davlatlarda ekskursion turistik transport sifatida
tramvay va uning retro-
variantlari: trolleybus, kareti, dilishans va boshqalardan foydalaniladi.
Yuqoridagi barcha transport vositalari turistik kompaniyalarning o‘z