134
kadrlarni tayyorlash, oliy darajadagi mehmonxonalar, restoranlarni
ko‗rish va u yerdagi xizmat sifatini ko‗tarishdan iborat.
O‗zbekistonning tarixiy merosi bu yerga
turistlarni jalb qilishning
muhim omillaridan biri hisoblanadi. Sayoramizda qadimiy, lekin uncha
mashhur bo‗lmagan tarixga va tarixiy obidalarga
boy joylar juda kam
qolgan. O‗zbekiston boy madaniy meros va toza tabiiy hudularni o‗zida
uyg‗unlashtiruvchi mamlakat bo‗lib, bu yerda Iskandar Zulqarnayn,
Chingizxon, Amir Temur davrlariga mansub 4000 dan ortiq tarixiy
yodgorliklar joylashgan.
Fargona vodiysi, Toshkentning tog‗li joylari
mamlakatning qorli tog‗lar bilan o‗ralgan eng so‗lim hududidir. Biroq,
Respublikada zamonaviy turizm ahvolining tahlili shuni ko‗rsatadiki,
mamlaktning o‗ziga xos salohiyati va imkoniyatlaridan yetarli darajada
foydalanilmayapti. Buning uchun katta miqdorda
sarmoyalar kerak va
eng muhim vazifalardan biri ko‗proq xorijiy sarmoyadorlarni jalb
qilishdan iborat.
Hozirgi kunda xorij sarmoyalarini jalb etmasdan investitsion
faollikni oshirish va sarmoya resurslarini ko‗paytirishning sira iloji yo‗q.
Xorijiy sarmoyaning
faol ahamiyatini nafaqat AQSh, Germaniya,
Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarda, balki Janubiy Koreya, Tayvan,
Singapur, Gonkong singari Osiyoning tezlikda rivojlangan mamlakatlari
hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham ko‗rish mumkin.
Qo‗shma korxonalarni tashkil qilish, qo‗shma ishlab chiqarish va turistik
majmualarni hamkorlikda qurish uchun to‗g‗ri
xorij sarmoyalarini jalb
etish, amaldagi obyektlarni ta‘mirlash va yangilash investitsion
siyosatning eng muhim yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: