12.4. Xizmatlar sohasi strukturasi va funkstiyalari Tasniflashtirish har bir turdagi xizmatning o‘ziga xos qirralarini,
ushbu industriyani boshqarish xususiyatlarini tushinish imkoniyatlarini
beradi. U xizmatlarni segmentlashtirishga optimal yondoshishga yordam
beradi. U xizmatlar sohasi ishlovchilarini avvallari bozorda taqdim
143
etilmagan xizmatlarning yangi turlarini qidirishga undaydi va ularning
sifatini oshirish indikatori hisoblanadi.
Mehnat taqsimoti tamoyillariga mos ravishda ehtiyojlarning va
funkstiyalarning diversifikastiyalanishi xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha
faoliyat turlarining ko‘payishiga olib keldi. Ularni aniqlash qiyin ish
bo‘lib hisoblanadi. Xizmatlar juda qiyin turli qatorli kategoriyadan iborat,
unda barcha narsalar aralashdir va bu tovarni ishlab chiqarishni ko‘zda
tutmaydi, xizmatni ko‘rsatuvchi va xaridori o‘rtasidagi aloqalarning
iqtisodiy tavsifi hisoblanadi.
Xizmatlarni tasniflashtirish ularni ma‘lum klasslar, guruhlar,
kategoriyalarga bo‘lishni anglatadi.
Ma‘muriy buyruqbozlik davrida xizmatlar noishlab chiqarish
faoliyati doirasidan chiqarilmagan. O‘sha davrlarda xizmat – bu alohida
iste‘mol qiymati, u noishlab chiqarish sohasida yaratiladi va u jamiyat,
uning alohida a‘zolarining ehtiyojlarini qondiradi deb ta‘kidlangan.
8.4-rasm. XX asr 80 chi yillaridagi xizmatlar sohasi tarkibining talqinlari Xizmatlarning umumiy tarkibida odatda maishiy xizmatlar ajralib
turgan va ular o‘z navbatida ikkiga bo‘lingan. Ularning bir qismi ikki
tomonlama tavsifga ega bo‘lgan. Ya‘ni bir tomondan xizmatlar tavsifida
va ikinchi tomondan moddiy ne‘matlar ishlab chiqaradi. Masalan moddiy
ne‘matlarni kiyim, oyoq kiyimini ta‘mirlash va tozalash xizmatlari,
xususan ular faoliyati maishiy xizmatlarga kiritsa ham bo‘ladi.
Xizmatlarning ikkinchi guruhi xususiy xizmatlar guruhiga kiritilgan.
Ularga hammomlar, kir yuvish xonalari, foto sur‘at xonalari kiradi.
Xizmatlar sohasi
Shaxsiy xizmatlar:
-
ta‘lim;
-
sog‘liqni saqlash;
-
madaniy-maishiy
xizmatlar ko‘rsatish.
O‘ziga xos xizmatlar:
-
boshqaruv;
-
mudofa;
-
ijtimoiy tartibni saqlash;
-
fan.
144
Bozor munosabatlari tizimiga ko‘ra xizmatlar uch turga bo‘lib
o‘rganiladi: bozorli, nobozor va bilvosita o‘lchanadigan moliyaviy
vositachilik xizmatlari.