Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/119
tarix15.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140905
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119
turizm iqtisodiyoti va menejmenti UMK

 
 
8.5-rasm. Bozor tizimida xizmatlarni ishlab chiqarish 
strukturasi. 
Bozor xizmatlari tarkibiga, bozorda iqtisodiy ahamiyatli baholar 
bo‘yicha sotiladigan xizmatlar kiritiladi. Ular jumlasiga transport va 
savdo xizmatlari, pullik madaniyat, sog‘liqni saqlash, maishiy xizmatlar, 
moliya, kredit, sug‘urta, axborot – hisoblash kabi xizmatlar kiradi. 
Moliya vositachilik bilvosita o‘lchanadigan xizmatlar odatda shartli 
ravishda tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar o‘rtasida 
taqsimlanadi va o‘rtadagi iste‘molga qo‘shiladi. 
Xizmatlarning qiziqarli talqinini Lovelok taklif etdi. Uning tasnifida 
asosiy bo‘lib, xizmatlar kimga yo‘naltirilgan va ularni anglash (his qilish) 
mumkinligidir. 
2.1-jadval.
Xizmatlarning his qilish darajasi bo‟yicha chegaralanishi 
Xizmatlarning asosiy klasslari 
Xizmatlar sohasi 
1. Inson ta‘nasiga yo‘naltirilgan xis 
qilinadigan harakatlar 
Sog‘liqni saqlash, yo‘lovchi transporti, 
go‘zallik salonlari va sartoroshxonalar, 
sport inshoatlari, restoranlar va kafelar 
2. Tovarlar va boshqa fizik obyektlarga 
yo‘naltirilgan his qiladigan harakatlar 
Yuk transporti, asbob uskunani ta‘mirlar 
va saqlash, qo‘riqlash, tozalikni va 
tartibni saqlash, kir yuvish xonalari, 
kimyoviy 
tozalash, 
veterinariya 
xizmatlari
XIZMATLAR 
Bozor 
Bilvosita 
o‘lchanadigan 
Nobozor


145 
3. Inson ongiga yo‘naltirilgan his qilib 
bo‘lmaydigan harakatlar 
Ta‘lim, radio va televidenie, axborot 
xizmatlari, teatrlar, muzeylar
4. His qilib bo‘lmaydigan aktivlar bilan 
his qilib bo‘lmaydigan harakatlar
Banklar, yuridik va maslahat xizmatlari, 
sug‘urtalash, qimmatbaho qog‘ozlar bilan 
operastiyalar 
Keltirilgan tasniflashtirish nomoddiy ishlab chiqarishda keng 
qo‘llaniladi. Masalan xizmatlar iste‘molchi bilan aloqa darajasi, qonuniy 
va me‘yoriy aktlar bilan tartibga solish darajasi, mehnat talabchanligi, 
iste‘molchilar segmentlari bo‘yicha (ishchan, shaxsiy xizmatlar va 
hokazolar) tasniflashtiriladi. 
Moddiy tavsifdagi xizmatlar bevosita ishlab chiqarish strukturasiga 
qo‘shiladi. Ular alohida har bir korxonaning ishlab chiqarish 
infratuzilmasini yaratadi. Odatda ishlab chiqarish xizmatlariga ta‘mirlash-
xizmat ko‘rsatish faoliyati, texnik, transport – ombor, muxandis – 
maslahat xizmatlari kiradi. Texnik xizmatlar tarkibida ikki asosiy guruhni 
ajratish mumkin: birinchisi – maslahat xizmatlari. Ularga buyurtmachiga 
texnik hujjatlashtirish, tadqiqotlar natijalari, qurilish uchun dastlabki 
ma‘lumotlar, smetalar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga injiniring 
tipidagi xizmatlar kiradi. 
Xizmatlar tarmoqlarini moddiy ishlab chiqarishga kiritish shartlari 
bo‘lib, natijalarni olishda qatnashish yoki ishlab chiqarish infratuzilmasi 
korxonalari
faoliyatida qatnashishi hisoblanadi. Unda tovar ayrboshlashi 
asosidagi xizmatlarni sotish amalga oshiriladi. Xizmatlar tarmoqlarini 
bunday ajratishning me‘zoni bo‘lib, ularning yaratilgan tovardagi hissasi 
hisoblanadi. 
Tabiiyki, xizmatlarning tovar mahsulotini yaratuvchi xizmatlarning 
ushbu tarmoqlari YaIM va MD ni yaratishda bevosita ishtirok etadilar. 
Ammo uzoq yillar mobaynidagi hisoblash metodikasi ushbu haqiqatni aks 
ettirmagan. Tovar xizmatlari va aholiga pullik xizmatlarning bir qismi 
YaIM yaratuvchi moddiy ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tarkibida inobatga 
olinmagan. Daromadning to‘liq hisobi olinmagan. Bu takror ishlab 
chiqarish jarayonini, yaratilgan ne‘matlar hajmini buzib ko‘rsatgan. 
Natijada xizmatlarning alohida tarmoqlari rivojlanishiga imkon 


146 
bermagan. Milliy hisoblar tizimiga o‘tish ushbu kamchilikni yo‘qotadi, 
lekin xozircha to‘liq emas. 
Nomoddiy ishlab chiqarish ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga 
bevosita aloqador xizmat tarmoqlarini birlashtiradi. Bu ularning birinchi 
tavsifli xususiyati; ikkinchi xususiyat – bu bepul, ayrim holatlarda o‘z 
tannarxidan ancha past narxlardagi ular mahsulotlarini sotishdir. 
Nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari tarkibiga ta‘lim, madaniyat, 
san‘at va sport, sog‘liqni saqlash va boshqalar kiradi. Ushbu sohadagi 
ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy, iste‘mol tavsifiga ega bo‘ladi. 
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasidagi xizmat sohalari yuqori 
malakali ishchi kuchini shakllantirish va o‘qitishni talab etadi. Chunki 
bozor xo‘jalik yuritish sharoitida ishchi kuchi tovar xususiyatlariga ega 
bo‘ladi va doimiy ravishda mehnat bozorini to‘ldiradi. Ushbu xizmatlar 
jamiyat a‘zosi sifatida alohida shaxsning ehtiyojini qondiradi. Shu sababli 
ularni alohida shaxslarga (shaxsiy va yakka tartibdagi) yoki shaxslar 
guruhlariga (jamoa) va umumijtimoiylarga bo‘lish mumkin. 
Nomoddiy ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlari ishchi kuchini 
shakllantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatadi. Ularga ta‘lim va 
sog‘liqni saqlash kiradi. 
Avvalgidek bepul xizmatlar yoki past narxlardagi haq to‘lash 
amaliyotini bozor munosabatlari sharoitida ustuvor deb bo‘lmaydi. 
Chunki davlat byudjetidan dotastiyalashtirish yo‘qolib bormoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin